Ipoteka bankni o'z tarkibiga olgan OTP Group ilk bor Forbes Global 2000 reytingida dunyoning eng yirik 400 ta kompaniyasi safiga qo‘shildi
29.06.2026

Ipoteka bankni o'z tarkibiga olgan OTP Group ilk bor Forbes Global 2000 reytingida dunyoning eng yirik 400 ta kompaniyasi safiga qo‘shildi

OTP Group muhim natijagaga erishdi: guruh to‘rt yillik barqaror o‘sish ortidan ilk bor Forbes Global 2000 reytingida dunyoning TOP-400 yetakchi kompaniyalari safiga kirdi.

2026-yil 26-iyun, Budapesht (Vengriya) — Forbes Global 2000 har yili dunyoning eng yirik ommaviy kompaniyalari reytingini eʼlon qiladi. Reyting to‘rtta asosiy moliyaviy ko‘rsatkich — tushum, foyda, aktivlar va bozor kapitallashuvi asosida shakllantiriladi. Barcha ko‘rsatkichlar teng darajada hisobga olinadi. Metodikaga ko‘ra, har biri bo‘yicha alohida 2000 talik ro‘yxat tuzilib, yakuniy o‘rin umumiy natijalar asosida aniqlanadi.

“OTP Group Forbes Global 2000 reytingida dunyoning eng kuchli 400 ta kompaniyasi safiga kirdi. Bu — Vengriyada bosh qarorgohga ega mintaqaviy bank guruhi sifatida xodimlarimiz, mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda qo‘lga kiritilgan muhim yutuqdir. OTP Groupning izchil rivoji barqaror strategiyamiz hamda mijozlarga yo‘naltirilgan biznes modelimizning mustahkamligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bugun 11 mamlakatda faoliyat yuritayotgan qariyb 40 ming nafar xodimimiz 17,5 millionga yaqin mijozlarimiz hayotini yanada qulay va xavfsiz qilish yo‘lida har kuni xizmat qilmoqda hamda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi o‘rnimizni mustahkamlab bormoqda.

Barcha jamoamizga umumiy muvaffaqiyatimizga qo‘shgan hissasi uchun, mijozlarimizga esa bizga bildirayotgan ishonchi uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Aynan mana shu ishonch barqaror o‘sishimizning asosidir”, — dedi OTP Bank bosh direktori Peter Chanyi.

2026-yilda OTP Group Forbes baholaydigan barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoning yetakchi TOP-1000 kompaniyalari safidan o‘rin oldi: foyda bo‘yicha — 360-o‘rin, aktivlar bo‘yicha — 313-o‘rin, daromad bo‘yicha — 993-o‘rin, bozor qiymati bo‘yicha — 658-o‘rin. Yakunda esa guruh umumiy reytingda 398-pog‘onani egalladi.

Bu natija ayniqsa e’tiborga molik, chunki atigi to‘rt yil avval OTP Group hatto dunyoning TOP-1000 kompaniyalari qatoridan ham joy olmagan edi. Shundan buyon guruh yil sayin o‘z pozitsiyasini izchil va sezilarli darajada mustahkamlab bormoqda.

OTP Group haqida

OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yetakchi va jadal o‘sayotgan bank guruhlaridan biri bo‘lib, yuqori daromadliligi, shuningdek, kapital va likvidlik bo‘yicha barqaror ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Bugungi kunda guruh Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 11 mamlakatida faoliyat yuritib, qariyb 40 ming nafar xodimi orqali 17,5 millionga yaqin mijozga keng qamrovli moliyaviy xizmatlar ko’rsatib kelmoqda.

OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropa bank sektorida kengayish va qo‘shib olish jarayonlarini faol amalga oshirayotgan yetakchi moliyaviy guruhlardan biri hisoblanadi. 2000-yillar boshidan buyon guruh 25 ta bankni muvaffaqiyatli qo‘shib olib, ularni o‘z tizimiga samarali moslashtirgan.

OTP Group bosh qarorgohi Vengriyada joylashgan bo’lib, guruh ochiq va shaffof mulkchilik tuzilmasiga ega. Bank guruhi aksiyalari 1995-yildan buyon Budapesht fond birjasida erkin savdoga chiqarilib, investorlarga ochiq tarzda taklif etib kelinmoqda.

Site: Website

Linkedin: We are proud to share that OTP Group has been ranked among the TOP 400 companies globally in the For… 



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg