OTP Group Forbes World’s Top Performing Banks 2026 reytingida yirik banklar toifasida Yevropa banklari orasida 1-o‘rinni egalladi, global reytingda esa TOP-10 talikdan joy oldi.
OTP Group 10-o‘rinni egallagan yirik banklar toifasiga jami aktivlari 100–500 mlrd AQSh dollarini tashkil etadigan 56 ta moliyaviy tashkilot kiritilgan. Forbes va Statista hamkorlikda tayyorlangan ushbu reyting banklarni bir necha yil davomida o‘sish, rentabellik, kapital, moliyalashtirish va aktivlar sifati kabi moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholaydi.
«Ushbu e’tirof OTP Group tezkor o‘sish, yuqori rentabellik va uzoq muddatli barqarorlikni uyg‘unlashtira olish qobiliyatini tasdiqlaydi. Aynan mana shu muvozanat ko‘p yillardan beri strategiyamizning asosini tashkil etib kelmoqda», — deya ta’kidladi OTP Bank bosh direktori Peter Csányi.
OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi bank guruhlaridan biri, shuningdek, mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan bank guruhlaridan biridir. Guruh bugungi kunda 11 ta mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda guruh tarkibiga Ipoteka bank OTP Group kiradi. Bank mamlakat banklari orasida ketma-ket ikkinchi chorak davomida foyda bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, MHXS bo‘yicha sof foyda 1,24 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43% ga ko‘p.
Forbes tomonidan berilgan ushbu yangi e’tirof OTP Group’ning navbatdagi xalqaro yutug‘idir.
Avvalroq, 2026-yilda guruh Forbes Global 2000 reytingiga ko‘ra dunyoning 400 ta eng yirik kompaniyasi qatoridan joy olgan edi. Bundan tashqari, S&P Global Market Intelligence tomonidan tayyorlangan Yevropa banklarining so‘nggi samaradorlik reytingida OTP Group ketma-ket uchinchi yil Yevropaning eng samarali ikki banki qatoridan joy oldi.
Ipoteka bank OTP Group haqida
Ipoteka bank OTP Group — O‘zbekistondagi yetakchi banklardan biri hisoblanib, 2023-yildan buyon Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi bank guruhlaridan biri bo‘lgan OTP Group tarkibiga kiradi. Bank xizmatlaridan 1,5 milliondan ortiq chakana va korporativ mijozlar foydalanadi. Rivojlangan bank tarmog‘i mamlakat bo‘ylab 39 ta filial va 52 dan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga oladi.
Ipoteka bank OTP Group O‘zbekiston ipoteka bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi va aktivlar bo‘yicha bozorning 6% ulushiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi oltinchi yirik bank hisoblanadi. OTP Group’ning xalqaro tajribasiga tayangan holda, bank mijozlarni uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yechimlarni izchil rivojlantirib bormoqda. Bu ularga moliyaviy mablag‘larini ishonch bilan boshqarish va har bir bosqichda barqarorlikni his qilishga yordam beradi.