OTP Group 2025-yil Integratsiyalashgan hisobotini e’lon qildi
OTP Group 2025-yil uchun Integratsiyalashgan hisobotini e’lon qildi. Hisobot Corporate Sustainability Reporting Directive (CSRD) talablariga muvofiq tayyorlangan. Ipoteka bank Guruhning sho‘ba banki sifatida OTP Groupning konsolidatsiyalashgan hisobotiga o‘z faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish orqali ushbu jarayonda ishtirok etdi.
Integratsiyalashgan hisobot Guruhning moliyaviy va nomoliyaviy natijalarini, shuningdek barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv va ESG risklarini boshqarish sohalaridagi asosiy yutuqlar va yondashuvlarni aks ettiradi.
Hisobot barqaror moliyalashtirish, iqlim va ekologik risklarni boshqarish, inson kapitalini rivojlantirish, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, moliyaviy savodxonlik, bank xizmatlaridan inklyuziv foydalanish hamda korporativ boshqaruv kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Hisobotning e’lon qilinishi OTP Group va Ipoteka bankning shaffoflik, mas’uliyatli bank faoliyati va barqaror rivojlanishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Hisobot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: OTP Group Integrated Annual Report 2025