Sandro Rtveladze Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda

Sandro Rtveladze Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda

Sandro Rtveladze bankdagi ikki yillik transformatsiya jarayonidan so‘ng Ipoteka bank OTP Group’dagi faoliyatini yakunlamoqda

2026 yil 1 iyuldan boshlab Sandro Rtveladze Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi lavozimidagi faoliyatini yakunlaydi. So‘nggi ikki yil davomida bank OTP Group tomonidan sotib olinganidan keyin keng ko‘lamli transformatsiya bosqichini bosib o‘tdi. Ushbu bitim O‘zbekistonda davlat bankining ilk xususiylashtirilishi bo‘lib, yirik Yevropa bank guruhining mamlakat bozoriga kirib kelishiga yo‘l ochdi.

Sandro Rtveladze lavozimga tayinlangan paytda Ipoteka bank asosan ipoteka portfeli ulushi yuqori bo‘lgan davlat moliya instituti sifatida faoliyat yuritardi. Uning rahbarligi davrida asosiy jarayonlar restrukturizatsiya qilindi, kapital mustahkamlandi, aktivlar sifati yaxshilandi va bankning rentabelligi tiklandi. Ushbu o‘zgarishlar barqaror biznes modelini shakllantirish hamda bankni risklarni boshqarish, samaradorlik va daromadlilik bo‘yicha OTP Group standartlariga moslashtirish imkonini berdi.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida kuchli boshqaruv jamoasi shakllantirildi va bankning kelgusidagi barqaror o‘sishi uchun asos bo‘ladigan operatsion model yaratildi.

Ipoteka bank OTP Group Kuzatuv kengashi raisi va OTP Group bosh direktorining o‘rinbosari Laslo Volf quyidagilarni ta’kidladi:

«Sandro atigi ikki yil ichida Ipoteka bank’da keng qamrovli transformatsiyani amalga oshirib, bank faoliyatini OTP Group standartlariga muvofiqlashtirdi va uning yanada rivojlanishi uchun kuchli boshqaruv jamoasini shakllantirdi. Kuzatuv kengashi va OTP Group nomidan unga yetakchiligi, professionalligi hamda o‘z ishiga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildiraman va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman»

Bankdagi faoliyatini yakunlayotganini izohlar ekan, Sandro Rtveladze shunday dedi:

«OTP Group rahbariyatiga ushbu muhim davrda bankka rahbarlik qilish imkoniyati va bildirgan ishonchi uchun, shuningdek, Ipoteka bank OTP Group’dagi jamoamga ulkan mehnati uchun minnatdorchilik bildiraman. Shu vaqt mobaynida erishilgan barcha yutuqlar jamoaviy mehnatimiz samarasidir va aynan mana shu jamoa bank rivojlanishini davom ettiradi»



Ilovani yuklab oling

Kartalar, hisobvaraqlar, pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va boshqa bank xizmatlarini Ipoteka Bank mobil ilovasi orqali boshqaring.

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling
bg