S&P Global Ratings Ipoteka bank OTP Group reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi; reytingni "BB-/B" darajasida tasdiqladi

S&P Global Ratings Ipoteka bank OTP Group reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi; reytingni "BB-/B" darajasida tasdiqladi
2025-yil 28-may kuni xalqaro reyting agentligi “S&P Global Ratings” Ipoteka bank OTP Group reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga o‘zgartirdi hamda bankning uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini “BB-/B” darajasida tasdiqladi.

Mazkur reyting bankning chakana kreditlash bozoridagi kuchli pozitsiyasini va barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.
Ipoteka bank OTP Group O‘zbekistonning eng yirik banklari orasida beshinchi o‘rinni egallaydi va umumiy aktivlar bo‘yicha 6 foizdan ortiq bozor ulushiga ega. Bank chakana bozorda yetakchi pozitsiyasini saqlab qolgan.

“S&P Global Ratings” tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bankning xatarlarni inobatga olgan kapital ko‘rsatkichi (RAC ratio) 2025-yil oxiriga borib 11 foizga yetishi mumkin.
Shuningdek, Ipoteka bank OTP Group bilan davom etayotgan integratsiyasi korporativ boshqaruv standartlarini oshirish va tavakkalchilik boshqarish tizimini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi, bu esa Ipoteka bank OTP Groupning O'zbekistondagi boshqa banklar orasidagi o’rnini mustahkamlashga hissa qo'shadi.


Ilovani yuklab oling

Kartalar, hisobvaraqlar, pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va boshqa bank xizmatlarini Ipoteka Bank mobil ilovasi orqali boshqaring.

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling
bg