0% komissiya O‘zbekistonning istalgan banklari tomonidan chiqarilgan Humo va Uzcard kartalari o‘rtasidagi barcha o‘tkazmalarga amal qiladi.
Joriy yilning 1-sentabridan Ipoteka bank OTP Group o’zining yangi mobil ilovasi — Ipoteka Mobile’ni ishga tushirdi. Endilikda ilova foydalanuvchilari O‘zbekistonning istalgan banklari tomonidan chiqarilgan Humo va Uzcard kartalaridan oyiga 10 mln so‘mgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mazkur taklif kundalik pul o‘tkazmalarini qulay va ortiqcha xarajatlarsiz amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar yaqinlari va oila a’zolariga mablag‘ yuborish, qarzlarni qaytarish, umumiy xarajatlarni qoplash hamda boshqa muntazam moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Belgilangan oylik limit doirasida amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun komissiya undirilmaydi — 0%.
Ipoteka Mobile’dan foydalanish uchun Ipoteka bank kartasiga ega bo‘lish shart emas. Ilova O‘zbekistonning istalgan banki tomonidan chiqarilgan Humo va Uzcard kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangi ilovaning ishga tushirilishi Ipoteka bank OTP Groupning raqamli xizmatlarini rivojlantirishdagi navbatdagi bosqichdir. Bank foydalanuvchilarga kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada qulay va oson amalga oshirish imkoniyatlarini yaratishda davom etmoqda.
Taklif 2026-yil 31-oktabrgacha amal qiladi.
Ipoteka Mobile — oyiga 10 mln so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazing.