Kreditni qanday to‘lash kerak

Kreditni o‘zingiz uchun qulay usulda - mobil ilovada yoki bank filialida to‘lang

Tavsiyalar bilan tanishing
Kreditni qanday to‘lash kerak

Soʻndirish usullari

Oʻzingizga qulay usulni tanlang. Eng tezi — mobil ilovada: toʻlov kredit hisobvaragʻiga darhol kelib tushadi.

Mobil ilova

• Grafikka muvofiq oylik toʻlov
• Muddatidan oldin qisman va toʻliq soʻndirish
• Avtomatik yechib olish uchun hisobvaroqni toʻldirish

Grafikka muvofiq oylik toʻlov

Muddatidan oldin qisman va toʻliq soʻndirish

Avtomatik yechib olish uchun hisobvaroqni toʻldirish

Bank bo‘limi kassasi

Toʻlovni Ipoteka bank OTP Groupʼning istalgan filialida naqd pul yoki karta orqali amalga oshiring. Muddatidan oldin soʻndirish uchun ham mos keladi.

• Oylik toʻlov va muddatidan oldin soʻndirish
• Avtomatik yechib olish uchun hisobvaroqni toʻldirish
• Karta yoki naqd pulda soʻmda toʻlash

Toʻlovni Ipoteka bank OTP Groupʼning istalgan filialida naqd pul yoki karta orqali amalga oshiring. Muddatidan oldin soʻndirish uchun ham mos keladi.

Oylik toʻlov va muddatidan oldin soʻndirish

Avtomatik yechib olish uchun hisobvaroqni toʻldirish

Karta yoki naqd pulda soʻmda toʻlash

Kreditni so‘ndirish qanday amalga oshiriladi

Kreditni rasmiylashtirishda bank toʻlovlar grafikini tuzadi. Toʻlovlarni grafik boʻyicha kiriting yoki kreditni muddatidan oldin — qisman yoki toʻliq soʻndiring. Har bir variantni misol yordamida koʻrib chiqamiz.

Grafik boʻyicha soʻndirish
Rejadagi oylik to‘lov
Bu nima
Kredit shartnomangizdagi sanada belgilangan qatʼiy toʻlov. Summa va sanalar kredit rasmiylashtirilayotganda belgilanadi.
Qanday amalga oshiriladi
Kredit hisobvaragʻini toʻlov sanasigacha toʻldiring — bank kerakli summani avtomatik ravishda yechib oladi. Yoki toʻlovni ilova / kassa orqali qoʻlda kiriting.
Muhim
Yechib olish sanasida hisobvaroqda yetarli mablagʻ boʻlishi kerak. Vaqtida toʻlang — aks holda har kuni foizlar hisoblanadi.
Misol

Abdulazizda toʻlov sanasi — har oyning 25-sanasi. Grafik boʻyicha toʻlov — 950 000 soʻm. U kredit hisobvaragʻini oldindan toʻldirib qoʻydi. 25-sana kuni bank toʻlovni avtomatik ravishda yechib oldi.

Grafik boʻyicha toʻlov
950 000 soʻm
Yechib olish sanasi
25-sana
Mijozning harakati
Hisobvaroqni oldindan toʻldirish
Muddatidan oldin qisman soʻndirish
Rejadagi to‘lovdan ortiq to‘lang — qarzingiz kamayadi
Bu nima
Kredit boʻyicha qarzdorlikni kamaytirish uchun oylik toʻlovdan tashqari kiritilgan har qanday summa.
To‘lov qanday taqsimlanadi
Avval haqiqiy foydalanilgan kunlar uchun hisoblangan foizlar soʻndiriladi, summaning qolgan qismi asosiy qarzni kamaytirishga yoʻnaltiriladi.
Nima kamayadi
Asosiy qarz kamayadi — keyinchalik foizlar kamroq summaga hisoblanadi. Keyingi toʻlov yoki muddat qayta hisoblanadi.
Misol

Oxirgi to‘lov 25-kuni amalga oshirilgan. Abdulaziz 30-kuni muddatidan oldin 2 000 000 so‘m to‘laydi. Qarz qoldig‘i — 10 000 000 so‘m, stavka — yiliga 30%.

5 kun uchun foizlar
≈ 41 000 so‘m
Asosiy qarzni kamaytirishga
1 959 000 so‘m
Yangi qarz qoldig‘i
8 041 000 so‘m
Shundan so‘ng foizlar endi 8 041 000 so‘mga hisoblanadi, keyingi to‘lov esa qayta hisoblanadi.
Muddatidan oldin toʻliq soʻndirish
Kreditni muddatidan oldin to‘liq yopish
Bu nima
Barcha qolgan qarzdorlikni belgilangan muddatdan oldin yopish — kredit toʻliq soʻndirilgan hisoblanadi.
Nimani to‘laysiz
Asosiy qarz qoldigʻi va oxirgi toʻlov sanasidan boshlab soʻndirish sanasigacha boʻlgan haqiqiy foydalanilgan kunlar uchun foizlar.
Natija
Toʻlovdan keyin «Kredit yopildi» maqomi (statusi) paydo boʻladi. Keyingi toʻlovlar mavjud emas.
Misol

Oxirgi to‘lov 25-kuni amalga oshirilgan. Abdulaziz 30-kuni kreditni muddatidan oldin to‘liq yopadi. Asosiy qarz qoldig‘i — 10 000 000 so‘m, stavka — yiliga 30%.

Asosiy qarz qoldig‘i
10 000 000 so‘m
5 kun uchun foizlar
≈ 41 000 so‘m
To‘liq yopish uchun
10 041 000 so‘m
To‘lov amalga oshirilgach, kredit yopiladi. To‘liq yopish uchun aniq summa har doim mobil ilovada ko‘rsatiladi.

Kreditni ilovada qanday so‘ndirish mumkin

Bu imkoniyat ikkita ilovada mavjud: Ipoteka Mobile (yangi) va Ipoteka Retail 2.0. O‘zingiz foydalanayotgan ilovani tanlang va bosqichlarni bajaring — bunga bir daqiqadan kam vaqt ketadi.

Ilovaga kiring
1
Ilovaga kiring
«Kreditlar» bo‘limidan kerakli kreditni tanlang
2
«Kreditlar» bo‘limidan kerakli kreditni tanlang
«Muddatidan oldin so‘ndirish» tugmasini bosing
3
«Muddatidan oldin so‘ndirish» tugmasini bosing
Karta yoki hisobni tanlang
4
Karta yoki hisobni tanlang
Summani kiriting yoki taklif qilingan variantlardan birini tanlang
5
Summani kiriting yoki taklif qilingan variantlardan birini tanlang
Ma'lumotlarni tekshiring va tasdiqlang
6
Ma'lumotlarni tekshiring va tasdiqlang
To‘lov so‘rovi qabul qilindi
7
To‘lov so‘rovi qabul qilindi
Ilovaga kiring
1
Ilovaga kiring
«Kreditlar» bo‘limiga o‘ting va kerakli kreditni tanlang
2
«Kreditlar» bo‘limiga o‘ting va kerakli kreditni tanlang
«So‘ndirish» tugmasini bosing
3
«So‘ndirish» tugmasini bosing
«Kreditni muddatidan oldin qisman / to‘liq so‘ndirish» bandini tanlang
4
«Kreditni muddatidan oldin qisman / to‘liq so‘ndirish» bandini tanlang
So‘ndirish turini tanlang
5
So‘ndirish turini tanlang
**«To‘liq muddatidan oldin so‘ndirish»**ni tanlang
6
**«To‘liq muddatidan oldin so‘ndirish»**ni tanlang
So‘ndirish summasini kiriting va arizani yuboring
7
So‘ndirish summasini kiriting va arizani yuboring
Ariza qabul qilindi
8
Ariza qabul qilindi

Kreditni bank bo‘limida qanday so‘ndirish mumkin

Agar shaxsan toʻlash qulayroq boʻlsa, istalgan filialga murojaat qiling. Kassir toʻlovni rasmiylashtiradi — siz maʼlumotlaringizni aytishingiz va pul kiritishingiz kerak.

1

Bank bo‘limiga murojaat qiling

Ipoteka Bank OTP Groupʼning eng yaqin filialini tanlang va kassaga yaqinlashing.
2

Ma'lumotlaringizni ayting

Kassirga qarz oluvchining F.I.Sh. va kredit shartnomasi raqamini ayting. Shartnoma raqamini ilovadagi «Kreditlar» → «Batafsil ma'lumot» bo‘limidan ko‘rishingiz mumkin.
3

To‘lovni amalga oshiring

To‘lovni bank kartasi yoki so‘mda naqd pul orqali amalga oshiring. Kassir sizga to‘lov tasdiqnomasini beradi.
O‘zingiz bilan olib keling
O‘zingiz bilan olib keling
Pasport — kassir shaxsni tasdiqlovchi hujjatni so‘rashi mumkin.
Mablag‘ning hisobga tushish muddati
Mablag‘ning hisobga tushish muddati
To‘lov kredit hisobvarag‘iga shu kunning o‘zida tushadi.
Oldindan to‘lash
Oldindan to‘lash
Mablagʻni toʻlov sanasigacha kiritish mumkin — bank kerakli summani grafik boʻyicha belgilangan kunda yechib oladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

• Ipoteka Retail mobil ilovasi
• Bank kassalari va bankomatlari
• Avtospisaniye
• Payme, Click va Paynet

Ipoteka Mobile yoki Ipoteka Retail mobil ilovasini o‘rnating yoki oching. Ilovaning asosiy ekranida kredit haqidagi ma’lumotlar aks etgan kichik e'lon paydo bo‘ladi. Uning yordamida kredit bo‘limiga o‘tib kredit hisobingizni to‘ldiri va o‘zingizga kerakli to‘lov turini tanlang. Amaliyotni tasdiqlashingiz hamda to‘lovni amalga oshirishingiz lozim

Bank filiallari kassalarida kreditni plastik karta yordamida yoki milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari bilan to‘lash mumkin

Kredit hisobraqami kredit rasmiylashtirilganda avtomatik ravishda ochiladi. Hisobni mobil ilovada to‘ldirish mumkin. Har oyda avtomatik ravishda pul yechiladi

Yo‘q, kreditni to‘lash uchun milliy valyutadagi plastik kartadan foydalanishingiz yoki qo‘lingizda naqd xorijiy valyuta bo‘lsa, uni so‘mga konvertatsiya qilishingiz kerak

Mijoz talabiga binoan kredit shartnomasiga o‘zgartirish kiritish uchun undiriladigan komissiya kredit qoldig‘ining 5 foizi miqdorida belgilanadi, biroq 500 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmaydi

Buning uchun mobil ilovadan foydalanish kerak. Ipoteka Mobile yoki Ipoteka Retail mobil ilovasini o‘rnating yoki oching. Ilovaning asosiy ekranida kredit haqidagi ma’lumotlar aks etgan kichik e'lon ko‘rsatiladi. Uning yordamida kredit bo‘limiga o‘tib kredit hisobingizni to‘ldiring va "Muddatidan oldin" to‘lov turini tanlab amaliyotni tasdiqlang va to‘lovni amalga oshiring.

Kreditni rasmiylashtirishda sanalar jadvali va oylik badallar miqdori belgilanadi. Kreditni muddatidan oldin istalgan qulay sanada to‘liq to‘lashingiz mumkin

Kreditni rasmiylashtirishda to'lov jadvali va oylik badallar miqdori belgilanadi. Kreditni muddatidan oldin istalgan qulay sanada to‘liq to‘lashingiz mumkin

Buning uchun Payme, Paynet yoki Click ilovasida qidiruv orqali bank nomini topishingiz va shartnoma raqamini kiritishingiz lozim. *Bank uchinchi tomon xizmatlarining har qanday nosozligi uchun javobgar emas

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 06.07.2026