Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bank kartalari

Mastercard Standart
Valyuta:
USD
Depozit:
$10
Bank komissiyasi:
50 000 sum

XIZMAT TURI

TO'LOV MIQDORI

1

Xalqaro bank kartasini ochish va bank kartasi ishdan chiqqanda, yo'qolganida/PIN konverti yo'qolganida, muddati tugaganda yangilash;
(xalqaro bank kartada 10 AQSH dollari depozit qoldig'i mavjud bo'lishi kerak bunda, bank karta hisobvarag'i yopilayotganda qoldiq mablag' lar mijozga qaytarib beriladi)

      50 000 so'm

2

Xalqaro bank kartasi bank tomonidan texnik nosoz holda chiqarilganda yangilash, SMS-xabarnoma, internet to'lovi, “3D-secure” xizmatlarini ulash, bank kartasi aylanmasi to'g'risida ma'lumotnomani taqdim etish

bepul

3

Ipoteka-bankda emissiya qilingan xalqaro bank kartasiga naqd va naqdsiz valyuta mablag'larini kirim qilish

bepul

4

Tranzaksiyani rad etish (Chargeback) (homiy bankdan to'lov topshiriqnomasi berilganda mijozdan yechiladi)

10 AQSH dollari

5

Xalqaro to'lov terminalidan xorijiy valyutani naqdlashtirish

Ipoteka-bank kartasidan – bepul

6

Ipoteka-bank xalqaro bank kartalaridan boshqa bankning bankomat, terminal va amaliyot shoxobchalari orqali naqd pul yechish

2 foiz

7

Ipoteka-bank xalqaro bank kartalaridan boshqa bankning to'lov terminallari orqali tovar va xizmatlar xaridi uchun

1 foiz



Har bir xalqaro MASTERCARD Standart karta egasi uchun bank maxsus bank hisobraqamini ochadi. Ushbu hisobvaraqda kartochka egasi o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari saqlanadi. Kartochka ushbu hisobvaraqdan foydalanish uchun o‘ziga xos “kalit” hisoblanadi. Kartochkasiz ushbu hisobraqam bo‘yicha birorta ham amaliyotni amalga oshirish mumkin emas.

Mikrochip va magnit tasmasi  — karta egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, PIN kodlar va kartochka bilan amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni o‘zida shifrlangan ko‘rinishda saqlovchi moslama.

PIN kodlar — bu faqat karta egasiga ma’lum bo‘lgan parol bo'lib, u karta taqdim qilinganida beriladigan pin-konvert ichida bo'ladi. Undan karta egasi karta bo‘yicha amaliyotlarni tasdiqlash uchun foydalanadi. 

Karta yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?

Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qotilgan hollarda qisqa muddatda telefon orqali yoki karta yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ariza bilan bankka murojaat qiling.

Ehtiyotkorlik choralari

  • karta va pin-konvertni jismoniy shikastlanish (buklash, tushib ketishlar kabilar)dan ehtiyot qilish;
  • kartaning plastik asosini, ayniqsa, mikrochip joylashgan joyni deformatsiyalarga duchor qilmaslik;
  • kritik haroratlar ta’siriga qo‘ymaslik;
  • karta va pin-konvertga namlik va suyuqliklar, yemiruvchi plastik va tekstolitlar tushishidan ehtiyot qilish;
  • mikrochipni statik va elektr kuchlanishi ta’siridan ehtiyot qilish;
  • kartadan faqat ko‘zlangan maqsadda foydalanish.

Ushbu xalqaro to’lov kartalari xorij mamlakatlarida keng tarqalgan. O’z sohasida standartga aylangan ushbu kartalar qulaylik va yuqori darajadagi ishonchlilikni birlashtirgan. Istalgan turdagi xaridni amalga oshirish va naqd pul yechish mumkin.

MASTERCARD Standart kartalari ko‘p vaqtlarini ishga sarflaydigan tez-tez sayohatga chiqadigan kishilar uchun juda zarurdir. Bunday karta bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi do‘konlar, restoranlar va boshqa savdo nuqtalarida to‘lovni amalga oshirish juda qulaydir. Bundan tashqari MASTERCARD Standart kartalari yordamida Siz, masalan, mehmonxonadagi nomerga buyurtma berishingiz yoki avtomobilni ijaraga olishingiz mumkin.

Bu sayohatchilar uchun yanada dolzarbroqdir, chunki dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tovar va xizmatlar uchun to‘lov usuli sifatida anchadan beri naqd pullarga nisbatan plastik kartochkalar afzal ko‘rilmoqda.

Butun dunyo bo‘ylab yuz minglab bankomatlar va 22 milliondan ortiq savdo nuqtalari MASTERCARD kartalarini qabul qilmoqdalar.

Mastercard Standart Kartasini olish uchun quyidagilar zarur:

· Bank filialida ariza shaklini to‘ldirish (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli bo‘lishi shart);


· shartnomani imzolash.