"Ipoteka-bank" АTIB yangi omonat turlarini taqdim etadi

"Ipoteka-bank" АTIB yangi omonat turlarini taqdim etadi

Mijozlarimiz va aholi uchun 2019 yil 1 avgustdan boshlab jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan yangi turdagi omonatlar joriy qilingani ma’lum qilamiz.

Ushbu omonat turlari bilan tanishing!

“Elegant” milliy valyutadagi muddatli omonat turi

Ushbu omonatga pul mablag‘lari bank filiallari kassalari orqali jismoniy shaxslardan naqd va naqdsiz pul shaklda (jumladan, jismoniy shaxsning plastik kartasidan) qabul qilinadi hamda omonatchilar o‘zlarining bankdagi mavjud omonat mablag‘larini ushbu omonatga qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

muddat – 12 oy;
foizi – yillik 20%.

Omonatga foizlar kassaga dastlabki omonat mablag‘i kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab, omonatchi hisobvarag‘idan o‘chirilishidan oldingi kunga qadar hisoblanadi. Foizlar bo‘yicha daromad omonat muddati tugagunga qadar har oyda beriladi. Omonat foizlari kapitalizatsiya qilinmaydi.

“Chorak” milliy valyutadagi muddatli omonat turi

Ushbu omonatga pul mablag‘lari bank filiallari kassalari orqali jismoniy shaxslardan naqd va naqdsiz pul shaklda (jumladan, jismoniy shaxsning plastik kartasidan) qabul qilinadi hamda omonatchilar o‘zlarining bankdagi mavjud omonat mablag‘larini ushbu omonatga qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

muddat – 3 va 6 oy;
foizi – yillik 18%.

Omonatga foizi daromad oldindan avans tariqasida to‘lab beriladi. Agar omonat shartlari buzilganda mijozga oldindan to‘lab berilgan omonat foizlari omonat summasidan ushlab qolinadi.

“Progress” milliy valyutadagi muddatli omonat turi

Ushbu omonatga pul mablag‘lari bank filiallari kassalari orqali jismoniy shaxslardan naqd va naqdsiz pul shaklda (jumladan, jismoniy shaxsning plastik kartasidan) qabul qilinadi hamda omonatchilar o‘zlarining bankdagi mavjud omonat mablag‘larini ushbu omonatga qayta rasmiylashtirishlari mumkin.

● Ushbu omonatning saqlash muddati hisobvaraqqa omonat mablag‘i kelib tushgan sanadan keyingi kundan boshlab 4 (to‘rt) oy muddatga yillik 17 foiz daromad to‘lash sharti bilan qabul qilinadi.

● Omonatchi omonat saqlash muddati tugagandan keyin pul mablag‘larini olish istagi bildirilmaganda omonat ikkinchi 4 oy muddatga uzaytirilgan (prolongatsiya qilingan) hisoblanadi va keyingi to‘rt oylik muddat uchun yillik 18 foiz daromad hisoblanadi.

● Agar omonatchi tomonidan omonat ikkinchi 4 oyga uzaytirilgan muddati tugagandan keyin ham pul mablag‘larini olish istagi bildirilmaganda, unda omonat uchinchi 4 oy muddatga uzaytirilgan (prolongatsiya qilingan) hisoblanadi va ushbu muddat uchun yillik 19 foiz daromad hisoblanadi. Omonatga foizlar u jamg‘arma kassaga dastlabki omonat mablag‘i kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab, omonatchi hisobvarag‘idan o‘chirilishidan oldingi kunga qadar hisoblanadi.


Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab, quyidagi amalda bo‘lgan omonat turlariga pul mablag‘larini qabul qilish to‘xtatiladi:

– “Qulay” muddatli omonat turining 1 oy muddatli turi;

– “Qaldirg‘och” muddatli omonat turining 1, 3, 5 va 6 oy muddatli turlari;

– “Tinchlik”, “Kommunal imkon”, “Obod turmush”, “Umid”, “Muruvvat”, “Nafosat” va “Nihol” muddatli omonat turlari;

– “Yangi uy poydevori” va “Fayzli xonadon” jamg‘arma omonat turlari;

– “Interaktiv plyus” va “Premium” muddatli elektron omonat turlari.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling