Kreditni so‘ndirish bo‘yicha murojaat yuzasidan ma’lumot
11.09.2026

Kreditni so‘ndirish bo‘yicha murojaat yuzasidan ma’lumot

27

Ijtimoiy tarmoqlarda mijozning kredit so‘ndirilganidan keyingi hisob-kitoblar bo‘yicha murojaati e’lon qilindi.

Bank murojaatni ko‘rib chiqdi va kredit shartnomasi bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirdi. Tekshiruv natijasida kichik miqdordagi qarzdorlik avvalgi hisob-kitob davri uchun hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq sababli yuzaga kelgani aniqlandi. Qolgan summa keyingi to‘lovda hisobga olinib, kredit bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq so‘ndirishga yo‘naltirildi.

Bugungi kunda mijozning Bank oldidagi barcha majburiyatlari to‘liq bajarilgan, kredit yopilgan.

Murojaati uchun mijozga minnatdorlik bildiramiz. To‘lovlar yoki kreditni so‘ndirish bo‘yicha savollar yuzaga kelgan taqdirda, Bankka murojaat qilishingizni tavsiya etamiz — mutaxassislarimiz ma’lumotlarni tekshirib, zarur tushuntirishlarni taqdim etadi.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 11.09.2026