Yangi Ipoteka Mobile ilovasida 100 mln so‘mgacha bo‘lgan mikrokreditni to‘liq onlayn rasmiylashtirish mumkin. Olingan kredit mablag‘larini kredit hisobvarag‘idan bank kartasiga komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati ham mavjud.
Ipoteka Mobile ilovasini yuklash:
Ipoteka bank OTP Group mikroqarz olishda yangi qulaylik joriy etilganini ma’lum qiladi: kredit mablag‘larini kredit hisobvarag‘idan bank kartasiga o‘tkazishda komissiya undirilmaydi.
Bundan tashqari, yangi Ipoteka Mobile ilovasida mijozlar oyiga 10 mln so‘mgacha mablag‘ni 0% komissiya bilan o‘tkazishlari mumkin. Qarz oluvchilar esa har hafta o‘tkaziladigan “Bank to‘laydi!” aksiyasida ishtirok etib, mikroqarz bo‘yicha asosiy qarz miqdorini bank hisobidan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mijozlar uchun imkoniyatlar:
-
100 mln so‘mgacha — mikroqarz olish
-
To‘liq onlayn — yangi Ipoteka Mobile ilovasida mikroqarzni onlayn rasmiylashtirish
-
Kredit hisobvarag‘idan kartaga komissiyasiz o‘tkazma — olingan kredit mablag‘larini bank kartasiga komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati
-
10 mln so‘mgacha o‘tkazmalar uchun 0% komissiya — yangi Ipoteka Mobile ilovasida istalgan kartaga mablag‘larni komissiyasiz o‘tkazish
-
“Bank to‘laydi!” — aksiyada ishtirok etish imkoniyati. Aksiya doirasida bank har hafta g‘oliblarning mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzini qoplab beradi.
“Biz uchun raqamli xizmatlar mijozlarning kundalik ehtiyojlarini ortiqcha harakatlar va xarajatlarsiz hal qilishi muhim. Kredit mablag‘larini bank kartasiga komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati mikroqarzdan foydalanishni yanada qulaylashtiradi. Biz Ipoteka Mobile ilovasini rivojlantirish hamda mijozlar uchun bank xizmatlaridan foydalanishni yanada sodda va qulay qiladigan yangi yechimlarni joriy etishda davom etamiz”, dedi Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv Raisi o‘rinbosari, Chakana biznes hamda mikro va kichik biznes bloki rahbari Dmitriy Sapronov.
Yangi Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
Yangi Ipoteka Mobile ilovasini App Store va Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.
Ipoteka Mobile ilovasini App Store’dan yuklab olish
Ipoteka Mobile ilovasini Google Play’dan yuklab olish
Mikroqarzning batafsil shartlari, shuningdek, “Bank to‘laydi!” aksiyasida ishtirok etish shartlari va uni o‘tkazish tartibi bilan Ipoteka bank’ning rasmiy veb-saytida keltirilgan.