Ipoteka bank OTP Group ipoteka krediti rasmiylashtirishda o‘zini o‘zi band qilganlikdan olinadigan daromadni rasmiy ish haqi bilan birgalikda hisobga olishni yo‘lga qo‘ydi. Yangi imkoniyat rasmiy ish joyiga ega va o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat yuritayotgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.
Endi ipoteka rasmiylashtirishda daromadning har ikki manbasi hisobga olinadi: rasmiy ish haqi hamda o‘zini o‘zi band qilganlikdan olingan daromad.
Bu mijozlarga o‘z moliyaviy imkoniyatlarini yanada to‘liq namoyon etish va ipoteka olish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zini o‘zi band qilganlikdan olinadigan daromadni tasdiqlash uchun amaldagi guvohnomaning mavjudligi kifoya.
“Ko‘plab mijozlar rasmiy ish haqi bilan birga qo‘shimcha daromad ham oladilar. Yangi yondashuv daromadning har ikki manbasini hisobga olish va mijozning moliyaviy salohiyatini yanada aniqroq baholash imkonini beradi”, — dedi Ipoteka bank OTP Group ipoteka mahsulotlari direksiyasi direktori Artyom Sarkisyan.
Ipoteka krediti ajratish hamda kredit miqdori bo‘yicha qaror har bir mijozning daromadi va to‘lovga qobiliyatidan kelib chiqib, individual tarzda qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotni Ipoteka bank OTP Group filiallarida yoki aloqa markazning (78) 150-89-13 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.