Ipoteka bank OTP Group va MDIS Tashkent talabalar hamda bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni rivojlantiradi
16.06.2026

Ipoteka bank OTP Group va MDIS Tashkent talabalar hamda bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni rivojlantiradi

11

Ipoteka bank OTP Group va Toshkentdagi Menejmentni Rivojlantirish Singapur Instituti (MDIS Tashkent) bank sohasida karyera qurishga qiziqqan talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Ipoteka bank OTP Group nomidan hujjatga Chief HR Officer Venera Erzina, MDIS Tashkent nomidan esa marketing va korporativ aloqalar bo‘yicha prorektor Karimova Shahnoza Atabekovna imzo chekdi.

Hamkorlik talabalar va bitiruvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishni nazarda tutadi. Jumladan, bank sohasi bilan yaqindan tanishish, amaliy tajriba orttirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan professional ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi.

Memorandum imzolanishi Ipoteka bank OTP Group’ning ta’limni qo‘llab-quvvatlash va kelajak mutaxassislarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarining bir qismidir. Avvalroq bank talabalar uchun Career Path stajirovka dasturini ishga tushirgan bo‘lib, u yoshlarga ilk professional tajribani orttirish va moliyaviy sektor faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Agar siz xalqaro bankda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishni va Ipoteka bank OTP Group jamoasiga qo‘shilishni istasangiz, stajirovka dasturi saytida ariza qoldirishingiz mumkin.




Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg