Kartani bank filialida taxminan besh daqiqada olish va darhol Ipoteka Mobile ilovasiga ulash mumkin. Bu mijozga kartani olishdan tortib, kundalik moliyaviy operatsiyalarni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonni soddalashtiradi.
Ipoteka bank OTP Group Uzcard to‘lov tizimining Uzcard Moment kartasini taqdim etmoqda. Yangi yechim mijozlarga bankka ilk murojaatidayoq kartani rasmiylashtirish, olish va faollashtirish imkonini beradi. Endilikda kartaning tayyor bo‘lishini kutish yoki uni olish uchun filialga qayta tashrif buyurish shart emas. Uzcard Moment kartasi rasmiylashtirilgan zahoti foydalanishga tayyor bo‘lib, mijozlar undan kundalik to‘lovlar va boshqa bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun darhol foydalanishlari mumkin.
Uzcard Moment kartasi Ipoteka bank OTP Group’ning kundalik moliyaviy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xizmatlarini yanada kengaytirmoqda. Mijozlar kartani bank filiallarida tezkor tarzda rasmiylashtirib, uni Ipoteka Mobile ilovasiga ulash orqali asosiy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Kartani olish uchun pasport yoki ID-kartaning o‘zi kifoya. Rasmiylashtirish va faollashtirish jarayonlari yakunlangach, mijozlar undan darhol foydalanishlari mumkin. Xususan, karta yordamida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, naqd pul mablag‘larini yechib olish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, Ipoteka Mobile ilovasi foydalanuvchilarga pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni amalga oshirish, QR-servislardan foydalanish, karta va hisobvaraqlarni boshqarish hamda bankning boshqa mahsulot va xizmatlarini masofadan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
Sentabr oyidan boshlab Ipoteka bank OTP Group mijozlar uchun asosiy raqamli xizmat ko‘rsatish kanallaridan biri sifatida yangi Ipoteka Mobile ilovasini faol rivojlantirib kelmoqda. Qisqa vaqt ichida ilova foydalanuvchilar orasida keng ommalashib, ishga tushirilganidan buyon 340 ming martadan ortiq yuklab olindi. Shu bilan birga, faol foydalanuvchilar soni 241 ming nafarga yetdi. Mazkur ko‘rsatkichlar mijozlarning yangi raqamli xizmatlarga bo‘lgan yuqori qiziqishini hamda Ipoteka Mobile ilovasi kundalik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulay va ishonchli vositaga aylanib borayotganini tasdiqlaydi.
“Biz mijozlarimiz uchun bank xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay va tezkor qilishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Uzcard Moment kartasining joriy etilishi mijozlarga kartani bir tashrifning o‘zida olish imkonini bersa, Ipoteka Mobile ilovasi esa kundalik moliyaviy operatsiyalarni masofadan turib boshqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu mijozlar tajribasini takomillashtirish va bank xizmatlarining ommabopligini oshirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarimizning navbatdagi natijasidir”, — dedi Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi o‘rinbosari Dmitriy Sapronov.
Uzcard Moment kartasida mijozning ism va familiyasi aks ettirilmaydi, biroq karta bank tizimida uning egasiga biriktiriladi va to‘liq identifikatsiyadan o‘tgan bank mahsuloti hisoblanadi. Funktsional imkoniyatlari jihatidan Uzcard Moment standart Uzcard kartalari bilan bir xil imkoniyatlarni taqdim etadi. Xususan, karta orqali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘lovlarni amalga oshirish, pul o‘tkazmalari bajarish, naqd pul mablag‘larini yechib olish, shuningdek, ATTO tizimi orqali jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash mumkin.
2026-yil 30-noyabrga qadar jismoniy shaxslar uchun Uzcard Moment kartasini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi. Kartani Ipoteka bank OTP Groupning barcha filiallarida olish mumkin.
Kartani rasmiylashtirish va berish jarayoni filialdagi mijozlar oqimi va operatsion yuklamaga qarab farq qilishi mumkin.