Uzcard Moment: Ipoteka Bank OTP Groupning yangi kartasi, uni 5 daqiqada olishingiz mumkin
10.08.2026

Uzcard Moment: Ipoteka Bank OTP Groupning yangi kartasi, uni 5 daqiqada olishingiz mumkin

Ipoteka Bank OTP Group yangi Uzcard Moment kartasini taqdim etadi. Bu Uzcard to‘lov tizimining kartasi bo‘lib, endi uning tayyor bo‘lishini kutish shart emas: kartani bank bo‘limiga tashrif buyurganingizda darhol olishingiz mumkin.


Bu qanday ishlaydi?
Odatda bank kartasini chiqarish ma’lum vaqt talab qiladi — plastik karta muayyan mijoz uchun tayyorlanadi va shundan keyingina unga topshiriladi. Uzcard Moment kartasida esa jarayon boshqacha: bank kartalarni oldindan tayyorlab qo‘yadi. Siz pasportingiz bilan bank bo‘limiga kelganingizda, bank xodimi kartani sizning nomingizga biriktiradi va faollashtiradi — atigi 5 daqiqadan so‘ng karta to‘liq foydalanishga tayyor bo‘ladi. Kutish va bankka qayta tashrif buyurish talab etilmaydi.


Shu sababli kartaning old tomonida karta egasining ism va familiyasi ko‘rsatilmaydi. Biroq bu kartaning anonim ekanini anglatmaydi: karta biriktirilgandan so‘ng bank tizimida va bankning mobil ilovasida sizning nomingizga to‘liq shaxsiylashtiriladi, xuddi oddiy nomli karta kabi.


Narxi
Jismoniy shaxslar uchun Uzcard Moment kartasini rasmiylashtirish 2026-yil 30-noyabrga qadar bepul.


U oddiy Uzcard kartasidan nimasi bilan farq qiladi?
Funksional jihatdan — hech qanday farqi yo‘q. Uzcard Moment quyidagi imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi:

    • tovar va xizmatlar uchun naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish;

    • pul o‘tkazmalari, shu jumladan Ipoteka Bank kartalari o‘rtasida bepul o‘tkazmalar;

    • bankomatlar va bank kassalaridan naqd pul yechib olish;

    • ATTO transport kartasi sifatida yo‘l haqini to‘lash;

    • Ipoteka Bank mobil ilovasiga ulash.

Qayerdan olish mumkin?
21-avgustdan boshlab Uzcard Moment kartasini Ipoteka Bankning Toshkent shahri Olmazor tumanidagi bo‘limida rasmiylashtirish mumkin.


Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 5-uy.
Ish vaqti: 09:00–17:00, dushanba–juma.


Kelgusida bank Uzcard Moment kartasini olish mumkin bo‘lgan bo‘limlar sonini kengaytirishni rejalashtirmoqda. 



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 10.08.2026