Ichki ishlar vazirligi va Ipoteka bank OTP Group o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi
17.03.2025

Ichki ishlar vazirligi va Ipoteka bank OTP Group o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi

370
Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida joriy yilning 15 mart kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev hamda "Ipoteka Bank OTP Group" raisi Sandro Rtveladze o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda onlayn xizmatlar foydalanuvchilarining raqamli savodxonligini oshirish hamda aholida kibergigiyenani shakllantirishga qaratilgan kompleks targ‘ibot tadbirlarini birgalikda tizimli ravishda olib borishga kelishildi.
Kelgusida raqamli texnologiyalar vositasida sodir etilgan huquqbuzarlarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida tezkor ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’sirchan targ‘ibot kontentlarini tayyorlash, jamoatchilik faolligini oshirish hamda IT mutaxassislari ishtirokida yo‘nalishdagi muammolarning istiqbolli yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan turli tanlovlar uyushtirish kabi manzilli tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirildi.
Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.03.2025