Kreditlar bo‘yicha yechib olish qoidalari yangilandi: hisobdagi mablag‘ning bir qismi himoyalanadi
13.04.2026

Kreditlar bo‘yicha yechib olish qoidalari yangilandi: hisobdagi mablag‘ning bir qismi himoyalanadi

1824
2026-yil 15-apreldan Uzcard kartalari, 20-apreldan esa Humo kartalari uchun kredit majburiyatlari bo‘yicha mablag‘larni yechib olishning yangi qoidalari kuchga kiradi.

Asosiy o‘zgarishlar:

Himoyalangan qoldiq

Agar yuqoriroq miqdor belgilanmagan bo‘lsa, hisobda kamida 3 baravar bazaviy hisoblash miqdori (BHM) saqlanadi.

Yechib olish bo‘yicha cheklov

Kredit bo‘yicha yechib olish faqat himoyalangan qoldiqdan ortiqcha mablag‘ hisobidan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy to‘lovlar

Ijtimoiy to‘lovlar (alimentlar, nafaqalar va boshqalar) himoyalangan — ushbu mablag‘lar hisobidan kredit bo‘yicha yechib olish amalga oshirilmaydi.

Ushbu o‘zgarishlar hisobdagi asosiy mablag‘larni saqlashga yordam beradi hamda bank xizmatlaridan foydalanishni yanada xavfsiz va tushunarli qiladi.

Muhim paytda — biz yoningizdamiz.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg