Yangi bank xizmatlari markazi G'ijduvon shahrida ish boshladi
07.07.2022

Yangi bank xizmatlari markazi G'ijduvon shahrida ish boshladi

483

Bugungi kunda «Ipoteka-bank» moliya bozorida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish yoʼlida mijozlarga xizmat koʼrsatishning istiqbolli formatini amaliyotda tatbiq etib kelmoqda. Bank xizmat koʼrsatish markazlarining loyihasi mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, oʼzi-oʼziga xizmat koʼrsatish boʼyicha maslahatlar berish, ularning bank xizmatlariga boʼlgan ehtiyojlarini oqilona qondirish va bank brendini, nufuzini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 



Bank xizmatlari isteʼmolchilari hamda mijozlariga sifatli xizmat koʼrsatishni yanada takomillashtirish uchun Buxoro viloyatining Gʼijduvon shahrida navbatdagi zamonaviy sharoitlarga ega boʼlgan yangi “Nihol” bank xizmatlari markazi oʼz faoliyatini boshladi.

Bunday boʼlinmalar oʼz oldiga mijozlarga yanada yaqinroq boʼlishni koʼzlagan holda, ularga biznes yuritish va shaxsiy mablagʼlarini toʼgʼri yoʼnaltirishga oid yoʼl-yoʼriq va maslahatlarni berishni maqsad qilgan. 



Front-ofis tizimi samaradorligini oshirish va koʼzlangan vazifalarni muvaffaqiyatli yoʼlga qoʼyish boʼyicha koʼpgina ishlar amalga oshirildi. Xususan, mijozlarning vaqtini tejagan holda navbatlarni oldini olish, xodimlar faoliyatini yanada optimallashtirish, turli bank operatsiyalarini soddalashtirishga qaratilgan yangi bank amaliyotlari joriy etildi. 

Bank ushbu yangiliklarning natijasi oʼlaroq, mijoz bilan xodim oʼrtasida ishonch muhitini yaratgan holda mavjud moliyaviy masalalar va bank amaliyotlari boʼyicha oʼz vaqtida zarur maslahatlar berishni koʼzlamoqda.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg