Rasmiy munosabat!
08.05.2024

Rasmiy munosabat!

305

2024-yil 7-may sanasida “Platina.uz” sayti orqali “Ipoteka-bank” ATIB Zarafshon filiali muammoli aktivlar bo‘limi xodimi to’g’risida e’lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Xabarda keltirilgan sud ishi bilan bog’liq holat “Ipoteka-bank” ATIBga aloqador emas. Bu o’rinda saytdagi xabarda voqelikka bir yoqlama yondashilgan bo’lib, unda bank xodimi mazkur ishni “Ipoteka-bank” ATIB tizimida faoliyat yuritgan davrida emas, balki boshqa bir tijorat bankidagi faoliyat davrida sodir etganligi, holatning “Ipoteka-bank” ATIB bilan bog’liq tomoni mavjud emasligi kabi muhim jihatlar yoritilmagan.

Bu esa, o’z o’rnida, O’zbekistonda xorijiy bank tomonidan xususiylashtirilgan ilk davlat banki sifatida har qanday qoidabuzarlikka qarshi kurashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan “Ipoteka-bank” ATIB OTP-Group obro’si hamda unda mehnat faoliyatini o’tayotgan minglab xodimlarning ishchanlik obro’siga salbiy ta’sir o’tkazadi.

Shu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalaridan chuqur o’rganilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va aholini chalg‘itmaslikni so’raymiz hamda obro‘sizlantirishga olib keladigan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o’tamiz.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 10.05.2024