Davlatimiz rahbari 10 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilgan ipoteka markazini borib koʼrdi.
11.08.2022

Davlatimiz rahbari 10 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilgan ipoteka markazini borib koʼrdi.

187

Prezidentimiz joriy yilning 6 iyul kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida ipoteka bozoridagi mavjud byurokratiyani kamaytirish, aholiga kompleks xizmat koʼrsatadigan ipoteka markazlari tashkil qilish zarurligini aytgan edi.



Birinchi shunday markaz poytaxtimizda oʼz faoliyatini boshladi. Bu yerda ipoteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim yoʼlga qoʼyilgan. Tashrif buyuruvchilarga Toshkent shahrida qurilayotgan uylar, ularga xizmat koʼrsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil maʼlumotlar beriladi. Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish masalalarida ham yordamlashiladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda koʼrsatiladi.



Shu qatorda, ushbu markazda Ipoteka-bank ham aholiga oʼz xizmatlarini taqdim etadi va uy sotib olmoqchi boʼlganlar uchun qulay shartlarda ipoteka kreditlarini taqdim etadi.



Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg