Raqamli xizmatlarni ommalashtirish orqali – moliyaviy yetuklikka erishamiz
14.05.2024

Raqamli xizmatlarni ommalashtirish orqali – moliyaviy yetuklikka erishamiz

312

Shaxsiy moliyaviy farovonlikka erishish, erkin moliyaviy qarorlar qabul qilish, iqtisodiy yo‘nalishda xabardorlik, bilim, qadriyatlarga amal qilish kabi ko‘nikmalarni oshirish Ipoteka-bank tomonidan moliyaviy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan treningda ilgari surildi. 

Ipoteka-bank tomonidan joriy yil aprel-may oylarida o‘tkazilgan oliy ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarida maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ta'lim loyihasi doirasida butun respublika bo‘yicha 600 ga yaqin  ta'lim muassasalari qamrab olindi. 

 “Raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli havfsizlik” mavzularida oliy ta'lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari va maktab o‘quvchilariga  loyihaning ahamiyati, o‘quv fanlariga integratsiya qilish usullari,  kundalik turmush tarzida raqamli moliyaviy savodxonligini muntazam oshirib borish yo‘llari haqida ma'lumotlar berilib, amaliy tatbiq etish metodlari ko‘rib chiqildi.  Faol o‘quvchi va talabalar tadbir davomida esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Ma'lumot o‘rnida, har yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi ostida o‘tkaziladigan  “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week) doirasida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli ta'lim tadbirlari amalga oshiriladi. Bu kabi tadbirlar moliyaviy savodxonlikka qaratilgan  turli loyihalarning ta'sir doirasini sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi.




Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 14.05.2024