OTP Group Raisi va Bosh ijroiya direktori Shandor Chanining O'zbekistonga tashrifi
16.02.2024

OTP Group Raisi va Bosh ijroiya direktori Shandor Chanining O'zbekistonga tashrifi

420

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik OTP-banki Boshqaruvi Raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan OTP-guruhiga davlatning Ipoteka-bankdagi ulushini sotish bo‘yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, Markaziy bankda Vengriyaning OTP Bank Group raisi Shandor Chani boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda so‘nggi yillarda bank tizimida olib boriilayotgan islohotlar, pul-kredit siyosati va pul bozoridagi ijobiy o‘zgarishlar, banklarni tranformatsiya qilish jarayonlari va raqamlashtirish borasida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, OTP Group Raisi va Bosh ijroiya direktori Shandor Chani hamda OTP bank xodimlaridan iborat delegatsiya rasmiy tashrif bilan Ipotekabank Bosh ofisiga tashrif buyurib, bank faoliyati, transformatsiya jarayonlari, amalga oshirilgan o‘zgarishlar hamda bankning kelgusi 5 yilligi uchun mo‘ljallangan  strategiyasi bo‘yicha suhbatlashishdi.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg