“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Qashqadaryo viloyatida

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni baholash” hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 15-16 iyun kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Qashqadaryo viloyati filialida oʼtkazildi. 

“Woman in business CА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan boʼlib, ayol tadbirkorlar uchun biznesda barqarorlikni saqlab qolish va yangiliklar kiritib moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularga yangi xizmatlar koʼrsatish va hamkorlar topish boʼyicha maslahatlar berishni oʼz ichiga oladi. 

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.
Keyingi manzil Sirdaryo viloyat filiali.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg