“Ipoteka-bank” АTIB mijozlari diqqatiga!!!
29.08.2022

“Ipoteka-bank” АTIB mijozlari diqqatiga!!!

177

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi PF-150-sonli Farmoni 2-bandiga asosan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda Jamgʼarma tomonidan 2022 yil 1 iyulga qadar kompensatsiya yordamlari koʼrsatilishi orqali ajratilgan kredit (lizing) biznes-rejasida koʼrsatilgan ish oʼrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar aylanmasi kabi koʼrsatkichlar toʼliq bajarilmagan hollarda 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab kompensatsiya toʼlovlarini toʼxtatish choralarini koʼrish belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2022 yil 1 iyulga qadar Jamgʼarma moliyaviy yordami (kredit foizlari boʼyicha kompensatsiya) dan foydalangan bankimiz mijozlariga, ajratilgan kreditning biznes-rejasida koʼrsatilgan ish oʼrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar aylanmasi kabi koʼrsatkichlarni toʼliq bajarilishini taʼminlashlari lozimligini, aks holda Jamgʼarma tomonidan kompensatsiya toʼlovlari toʼxtatilishini eslatib oʼtamiz.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg