Sandro Rtveladze Ipoteka bank OTP Group’dagi faoliyatini yakunladi, CFO Adam Szentpéteri esa Boshqaruv Raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
10.06.2026

Sandro Rtveladze Ipoteka bank OTP Group’dagi faoliyatini yakunladi, CFO Adam Szentpéteri esa Boshqaruv Raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

15

Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari, Strategiya va moliya bloki rahbari Adam Szentpéteri 2026-yil 3-iyundan boshlab Boshqaruv Raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

«Bankning strategik ustuvorliklari o‘zgarishsiz qoladi. Biz amaldagi strategiyani tatbiq etishni va transformatsiya davrida yo‘lga qo‘yilgan tashabbuslarni yanada rivojlantirishni davom ettiramiz. Shuningdek, tartibga soluvchi organlar, davlat tuzilmalari va ishbilarmon hamkorlar bilan munosabatlarni mustahkamlash ham faoliyatimizning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Mening vazifam — belgilangan yo‘nalishning davomiyligini ta’minlash hamda barqaror o‘sish, biznes samaradorligi hamda mijozlar uchun eng yaxshi tajribani yaratishga qaratilgan e’tiborni saqlab qolishdir», — deya izoh berdi Adam Sentpeteri o‘z tayinlovi haqida.

Adam Szentpéteri Ipoteka bank OTP Group jamoasiga 2023-yil iyul oyida Boshqaruv Raisining o‘rinbosari va Strategiya hamda moliya bloki rahbari sifatida qo‘shilgan. 2023-yil sentabr oyidan buyon u bankning transformatsiya dasturi uchun ham mas’ul hisoblanadi.

Adam o‘z faoliyatini OTP Group’da 2005-yilda makroiqtisodiy tahlilchi sifatida boshlagan. Keyingi yillarda u chakana biznes, kontrolling va strategiya yo‘nalishlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012–2018-yillarda OTP Bank Ukraine Kuzatuv kengashi a’zosi, 2018–2022-yillarda esa OTP Bank Russia Direktorlar kengashi a’zosi bo‘lgan. 2022-yil avgustidan 2023-yil iyunigacha OTP Bank Albania’da moliya direktori va Direktorlar kengashi a’zosi lavozimlarida ishlagan.

Sandro Rtveladze 2024-yildan buyon egallab kelgan Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi Raisi lavozimidagi faoliyatini yakunladi. Uning rahbarligi davrida bank transformatsiyaning muhim bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, barqaror o‘sish yo‘liga o‘tdi. Shu davr mobaynida kuchli boshqaruv jamoasi shakllantirildi hamda bankning uzoq muddatli va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratgan operatsion model yo‘lga qo‘yildi.

«Muqim o‘zgarishlar davrida Ipoteka bank OTP Group’ga rahbarlik qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Men hamkasblarim va OTP Group rahbariyatiga bildirgan ishonchi hamda hamkorligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman. Jamoamiz bilan birgalikda bank transformatsiyasining muhim bosqichini bosib o‘tdik va sezilarli natijalarga erishdik. Kuchli jamoa va birgalikda erishgan yutuqlarimizga tayangan holda, bank kelgusi yillarda ham muvaffaqiyatli rivojlanishda davom etishiga ishonaman», — dedi Sandro Rtveladze Ipoteka bank OTP Group’dagi faoliyatini yakunlar ekan.

Avvalroq Ipoteka bank OTP Group 2026-yilning birinchi choragi uchun MHXS (IFRS) bo‘yicha moliyaviy natijalarini e’lon qilgan edi. Bank 579,2 milliard so‘m (47,7 million AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida rekord darajadagi foyda qayd etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,9 foizga yuqori bo‘lib, bankning transformatsiya jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilgani va barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tganini tasdiqlaydi.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg