HURMATLI BAHOLASH TASHKILOTLARI RAHBARLARI !!!
«IPOTЕKA-BANK» ATIB tomonidan bank mijozlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, garov sifatida taqdim etilayotgan mol-mulklarning bozor talablariga muvofiq, real va obyektiv baholanishini ta’minlash maqsadida professional, tajribali va ishonchli baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, bank garov mulklarini baholash sohasida faoliyat yurituvchi va mazkur xizmatlarni ko‘rsatish istagida bo‘lgan baholash tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.
Bank bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan baholash tashkilotlari istalgan vaqtda quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin:
- Tijorat taklifi.
- Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma.
- Professional jamoat birlashmasiga a’zolik Guvohnomasi.
- Amaldagi sug‘urta polisi.
- Xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
- Baholovchilarning malaka sertifikatlari.
- Kafolat xati.
Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, bank bilan hamkorlik qilish uchun tegishli ro‘yxatga kiritilishini ma’lum qilamiz.
Hujjatlarni qabul qilish jarayoni doimiy ravishda amalga oshirib boriladi.
Shu sababli, baholash tashkilotlari yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar jamlanmasini to‘plagan holda «IPOTЕKA-BANK» ATIB bosh ofisiga yoki quyidagi pochta manzillariga murojaat qilishlari va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ariza taqdim etishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi raqamlarga yoki pochta manzillariga murojaat kilishingiz mumkin:
Теl: (78) 150-55-25 (77-46) va (77-41)
E-mail: Nodirbek.Ayitboev@ipotekabank.uz / Temur.Fakhriddinov@ipotekabank.uz