“UzQR” yagona to‘lovlarni qabul qilish tizimi
09.06.2026

“UzQR” yagona to‘lovlarni qabul qilish tizimi

21

2026-yil 1-iyuldan boshlab UzQR yagona QR-kodi orqali to‘lovlarni qabul qilish biznes uchun majburiy bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-sonli “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar UzQR yagona QR-kod tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilishni ta’minlashi shart.

Shu munosabat bilan bankimiz UzQR tizimiga ulanish imkoniyatini taqdim etadi hamda tadbirkorlarga to‘lovlarni qabul qilishning yangi formatiga oldindan o‘tishni tavsiya etadi.

Nima uchun bu muhim?

UzQR yagona tizimi naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish, moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirish hamda biznes va mijozlar uchun qulay to‘lov infratuzilmasini yaratish maqsadida joriy etilmoqda. Tizimga ulanish amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tashkiliy qiyinchiliklarning oldini olish imkonini beradi.


Biznes uchun afzalliklari

  • Yagona QR-kod orqali istalgan bank mijozlaridan to‘lovlarni qabul qilish.
  • Xaridorlar uchun qulaylik — bank mobil ilovasi orqali bir necha bosqichda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati.
  • Bir nechta QR-kod va turli to‘lov yechimlarini qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirish.
  • Mablag‘larning tezkor tushishi va tushumlarni qulay nazorat qilish.
  • Naqdsiz to‘lovlar ulushining oshishi hisobiga savdo hajmini ko‘paytirish va mijozlar sodiqligini mustahkamlash.
  • Qonunchilik talablariga muvofiqlik hamda yangi to‘lov standartlariga tayyorlik.

Nima qilish kerak?

Bankimiz allaqachon UzQR tizimida ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kodni olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga maslahat ko‘magi ko‘rsatilib, yangi xizmatni sozlash va undan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam beriladi.

UzQR tizimiga ulanishni kechiktirmang — yangi talablar 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Biznesingizni bugunoq yangi talablarga tayyorlang va mijozlaringizga zamonaviy, tezkor hamda qulay to‘lov usulini taklif eting.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bankning eng yaqin filialiga yoki shaxsiy menejeringizga murojaat qiling.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg