2026-yil 3-noyabrdan boshlab avtokredit mahsulotlari bo‘yicha Kredit shartnomasi va Garov shartnomasining yangilanishi
22.10.2026

2026-yil 3-noyabrdan boshlab avtokredit mahsulotlari bo‘yicha Kredit shartnomasi va Garov shartnomasining yangilanishi

Hurmatli mijozlar!

2026-yil 3-noyabrdan boshlab Ipoteka Bank avtokredit mahsulotlari bo‘yicha Kredit shartnomasi va Garov shartnomasini yangilash rejalashtirilmoqda.

Kredit shartnomasiga Markaziy bankning yangi talablariga muvofiq kredit majburiyatlarini buzish oqibatlari to‘g‘risidagi ogohlantirishlar kiritiladi. Shuningdek, atamalar, taraflarning huquq va majburiyatlariga aniqlik kiritiladi, kredit ajratish, unga xizmat ko‘rsatish va uni so‘ndirish shartlari, komissiyalar, qarzdorlikni restrukturizatsiya qilish, garovni rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazishga oid qoidalar yangilanadi.

Garov shartnomasiga atamalarni aniqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi hamda Garov shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv ishlab chiqildi.

Yangilangan hujjatlar tasdiqlanganidan so‘ng bankning veb-saytida joylashtiriladi.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
↑
Oxirgi yangilanish sanasi: 22.10.2026