Avtokredit shartnomasi bo‘yicha avtomobilni garov sifatida rasmiylashtirish zarurati to‘g‘risida
08.09.2026

Avtokredit shartnomasi bo‘yicha avtomobilni garov sifatida rasmiylashtirish zarurati to‘g‘risida

Hurmatli mijozlar!
Avtomobil xarid qilish uchun Ipoteka bank OTP Groupni tanlaganingiz uchun tashakkur. Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va avtokreditlashning muhim shartlaridan birini eslatib o‘tmoqchimiz.
Avtomobil davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, uni 10 kun ichida Bank foydasiga garov sifatida rasmiylashtirish lozim. Ushbu talab avtokredit shartnomasining 5.1.2 va 7.2.8-bandlarida nazarda tutilgan.
Agar avtomobilni hali garov sifatida rasmiylashtirmagan bo‘lsangiz, avtokredit rasmiylashtirilgan filialga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Xodimlarimiz jarayonni yakunlashga yordam beradi va zarur hujjatlar haqida ma’lumot taqdim etadi.
Agar garov o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagani sababli sizga penya hisoblanib, undirib olingan bo‘lsa, avtomobil Bank foydasiga garov sifatida rasmiylashtirilgach, ushlab qolingan summa qaytariladi.
Shu sababli Bankka tashrifni kechiktirmaslikni va garovni rasmiylashtirish jarayonini imkon qadar tezroq yakunlashni tavsiya qilamiz.
Savollaringiz bo‘lsa, xodimlarimiz sizga yordam berishga doimo tayyor. Qo‘shimcha ma’lumotni Bankning 1233 raqamli Kontakt-markazi orqali ham olishingiz mumkin.


Biz bilan ekaningizdan minnatdormiz!
Ipoteka bank OTP Group
Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 08.09.2026