Ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalari uchun "Ipoteka-bank" ATIB bilan hamkorlik bo‘yicha tijorat takliflarini taqdim etish muddati 2026-yil 14-avgust kuni (shu kun ham qo‘shilgan holda) yakunlanadi. Arizalaringizni erkin shaklda tijorat taklifida (KT) ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz. Arizada https://new.openinfo.uz saytida joylashtirilgan 2025-yil va 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun MXMS bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga havola keltirilishi, shuningdek, sug‘urta bozori regulyatori tomonidan tayyorlangan tahliliy hisobot ilova qilinishi lozim.
Tijorat taklifi