QR-kod

Minimal uskuna — maksimal qulaylik

QR-kod
Ulanish
QR-kod
Terminal o‘rnatmasdan to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. Mijoz xaridni smartfoni orqali — savdo nuqtasida yoki onlayn tarzda to‘laydi. Joriy etish oson va biznesingiz bilan birga kengayadigan yechim.
QR-kod
UzQR yagona to‘lovlarni qabul qilish tizimi
UzQR — POS-terminal o‘rnatmasdan naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi yagona to‘lov QR-kodidir.
Xaridorlar tovar va xizmatlar uchun banklarning mobil ilovalari hamda O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov servislaridan foydalangan holda to‘lovni amalga oshiradi, tadbirkorning hisob-kitob raqamiga esa mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.
Kimlar uchun
  • savdo nuqtalari va chakana savdo do‘konlari;
  • kafe, restoranlar va xizmat ko‘rsatish obyektlari;
  • internet-do‘konlar;
  • tibbiyot muassasalari;
  • ta’lim muassasalari;
  • servis kompaniyalari;
  • kichik, o‘rta va yirik biznes subyektlari.
Qanday ishlaydi
Tadbirkor savdo nuqtasiga UzQR-ni joylashtiradi. Xaridor bankning mobil ilovasi yoki to‘lov servisi orqali QR-kodni skanerlaydi, to‘lovni tasdiqlaydi va mablag‘lar avtomatik ravishda tadbirkorning hisob-kitob raqamiga o‘tkaziladi.
Nima talab etiladi
Xizmatni ulash minimal hujjatlar to‘plami asosida amalga oshiriladi. UzQR ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng xizmat foydalanishga tayyor bo‘ladi.

QR to‘lovlari bo‘yicha tariflar va shartlar

Komissiya
Har bir muvaffaqiyatli tranzaksiya uchun 0,65%
Ulanish
Bepul
Uskuna
Talab qilinmaydi
Hujjatlar
Minimal hujjatlar to‘plami
To‘lovlarni qabul qilish
O‘zbekiston Respublikasidagi banklarning mobil ilovalari va to‘lov servislari orqali
Hurmatli mijozlar!
Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Markaziy bank UzQR foydalanuvchilari uchun tizimdan foydalanishni yanada qulaylashtiruvchi yangi xizmatlarni ishga tushirdi.
UzQR Shaxsiy kabineti — QR-kodlarni mustaqil ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarish, tranzaksiyalarni real vaqt rejimida kuzatish, API yaratish hamda xizmatning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi veb-platforma.
Yagona koll-markaz 1835 — UzQR’dan foydalanish bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha maslahat va yordam ko‘rsatuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmati.
Batafsil yo‘riqnoma bilan tanishish uchun ilova qilingan fayldan foydalaning.

Arizani to‘ldiring — va biz siz uchun eng yaxshi yechimni tanlab beramiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 21.07.2026