Yangi yetkazib berishlar va joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun
Regresssiz faktoring debitorlik qarzdorligini bankka o‘tkazish imkonini beradi
Mijozlar to‘lovlarini boshqarishni Bankka topshiring
Debitorlik qarzdorligini moliyalashtirish
- 90 kunlik kechiktirilgan toʻlov.
- Regressli va regresssiz.
- Garovsiz.
- Maqsadli foydalanish shartisiz.
- Tovarlar yuklangan kunda moliyalashtirish.
- Hisob-faktura summasining 100% igacha.
- Yetkazib beruvchi va Xaridor — Oʻzbekiston rezidentlari.
Kreditorlik qarzdorligini moliyalashtirish
- Toʻlov muddatini uzaytirish.
- Xarid qilish, ishlab chiqarish va tijorat tsikllarini moliyaviy oqimlar bilan sinxronlashtirish.
- Ta'minot zanjirini samarali boshqarish va yetkazib beruvchilar bazasini kengaytirish.
- Toʻlovni kechiktirish: 90 kungacha.
- Imtiyozli davr: 30 kun.
Nima bu:
Ichki faktoring kompaniyalarga mamlakat ichidagi xaridorlar bilan kechiktirilgan to‘lov asosida ishlashga yordam beradi va kassa uzilishlarini kamaytiradi.
Bank yetkazib berishni moliyalashtiradi va xaridor to‘lamaslik xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Qanday ishlaydi:
1. Yetkazib beruvchi xaridor bilan kechiktirilgan to‘lov shartida shartnoma tuzadi
2. Shartnoma va hisob-faktura bankka topshiriladi
3. Bank xaridorni tahlil qilib, kredit limit belgilaydi
4. Yetkazib beruvchi talab qilish huquqini bankka o‘tkazadi
5. Bank yetkazib beruvchiga hisob summasining 80–100% gacha qismini darhol to‘laydi
6. Xaridor qarzni belgilangan muddatdan keyin bankka to‘laydi
Qanday ulanish mumkin:
1. Bankka onlayn yoki filial orqali ariza yuboring
2. Shartnomalar, hisob-fakturalar va moliyaviy hujjatlarni taqdim eting
3. Bank xaridorni baholaydi
4. Faktoring shartnomasini imzolang
5. Yetkazib berishdan so‘ng darhol moliyalashtirish oling