QR-kod

Minimal uskuna — maksimal qulaylik

QR-kod
Ulanish
QR-kod
Terminal o‘rnatmasdan to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. Mijoz xaridni smartfoni orqali — savdo nuqtasida yoki onlayn tarzda to‘laydi. Joriy etish oson va biznesingiz bilan birga kengayadigan yechim.
QR-kod
QR Online
QR-kod orqali onlayn to‘lovlarni qabul qilish
QR-kod saytga, servisga yoki hisob-fakturaga joylashtiriladi. Mijoz kodni skanerlab, mobil ilovada to‘lovni tasdiqlaydi.
Kimlar uchun
  • Onlayn do‘konlar
  • Servislar va platformalar
  • Masofadan turib to‘lov qabul qiluvchi kompaniyalar
Qanday ishlaydi
Mijoz QR-kodni skanerlaydi va mobil ilovada to‘lovni tasdiqlaydi
Nima talab etiladi
Mijozning smartfoni va QR Online xizmatiga ulanish

QR to‘lovlari bo‘yicha tariflar va shartlar

Uzcard, Humo kartalari bo‘yicha komissiya
0,25%
Visa, Mastercard kartalari bo‘yicha komissiya
0,25%
Ulanish
Bepul
Uskuna
Talab qilinmaydi
1. QR-kodni Internet-bankda ro‘yxatdan o‘tkazing.
2. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan QR-kod tasvirini Internet-bankdan yuklab oling.
3. Brendlangan maketni yuklab oling, mo‘ljallangan joyga QR-kodingizni joylashtiring va «Tashkilot nomi» maydoniga mijozning yuridik nomini kiriting.
4. Tayyor maketni A5 formatda rangli ko‘rinishda chop eting va savdo nuqtasiga joylashtiring.

Arizani to‘ldiring — va biz siz uchun eng yaxshi yechimni tanlab beramiz.