“Maqsadli Ipoteka” omonati
Tejamlaringizni ishonchli ravishda oshirishning usuli, oylik daromad bilan va erkin to‘ldirish imkoniyati bilan
Arizani rasmiylashtirishFoiz stavkasi
Depozit muddati
Minimal summa
Stavkani hisoblang
Arizani to‘ldiring — va biz siz uchun eng yaxshi yechimni tanlab beramiz.
Qisman — mavjud emas
“Maqsadli Ipoteka” omonati
1. UMUMIY SHARTLAR
| Turi | Jamgʻarma |
| Valyuta | Milliy valyuta (UZS) |
| Rasmiylashtirish usuli | Bank bo‘limlarida |
| Minimal summa | 0 so‘m |
| Joylashtirish muddati | 12 oy |
| To‘ldirish | Maxsus hisobvaraq ochilganda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi subsidiyasining oʻtkazilishi; mijoz tomonidan shaxsiy hisobvaraqqa keyingi toʻldirishlar — cheklovsiz |
| Qisman yechib olish | Kredit bitimi amalga oshmaguncha yoki bekor qilinmaguncha mijoz tomonidan qisman yechib olishga yo’l qo’yilmaydi |
| Foizlarni kapitalizatsiya qilish | Ko‘zda tutilmagan |
| Avtomatik uzaytirish | Ko‘zda tutilmagan |
2. FOIZLARNI HISOBLASH VA TO‘LASH TARTIBI
Mablagʻ kelib tushgan kunning keyingi kunidan boshlab omonat yopilgan kundan oldingi kunga qadar. Foizlar Mijoz mablagʻlari va subsidiya mablagʻlari boʻyicha alohida hisoblanadi
- Muddat oxirida to‘lash:Har ikkala hisobvaraq boʻyicha foizlar hisobvaraqlar yopilishida bir yoʻla toʻlanadi: bitim muvaffaqiyatli boʻlganda — asosiy summa bilan birga quruvchiga; bitim muvaffaqiyatsiz boʻlganda — shaxsiy hisobvaraq boʻyicha mijozga, maxsus hisobvaraq boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga
3. FOIZ STAVKALARI (YILLIK)
UZS — bank bo‘limlarida ochilgan omonatlar - 14%
4. OMONATNI MUDDATIDAN OLDIN YECHIB OLISH SHARTLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bir vaqtning oʻzida qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi. Mijozning oʻz mablagʻlari hisoblangan foizlari bilan birga qaytariladi; muddatidan oldin qaytarishda belgilangan stavka pasaytirilmaydi
5. KAFOLAT
Fuqarolar omonatlari O‘zbekiston Respublikasi “Banklarda fuqarolarning omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq 200 million so‘mgacha kafolatlanadi.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash jamg‘armasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholining 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlarini qaytarish kafolati hisoblanadi. Agar kafolatlangan holat yuzaga kelsa, omonatlar quyidagi muddatlarda qaytariladi: 2026 yil 1 yanvardan — 15 ish kuni; 2027 yil 1 yanvardan — 7 ish kuni.