Student card
Talabalar uchun ko‘p funksiyali karta: ATTO transport kartasi, talaba ID va qulay to‘lov vositasi.
Valyuta
UZS
Depozit
Yo‘q
Karta ochish komissiyasi
Yo‘q
- Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
- Ariza
- Mijoz va bank o‘rtasidagi shartnoma (oferta)
- O‘zbekiston Respublikasi hududida POS to‘lovlar
- Bank va to‘lov tashkilotlari ilovalari orqali to‘lovlar
- O‘zbekiston Respublikasi hududida E-com to‘lovlar
- Naqd pul yechish, kiritish va bankomatlar orqali to‘lovlar
- Talabalik guvohnomasi (Student ID) *(faqat Uzcard kartalarida)
- Milliy kutubxonalarga kirish huquqi *(takomillashtirilmoqda)
- ATTO transport kartasi funksiyasi *(faqat Uzcard kartalarida)
- Uzcard — 5 yil
- Humo — 5 yil
- Universitetning mas’ul xodimi orqali
- Bank filialiga murojaat qilish orqali
Ipoteka Bank OTP Groupning Student Card talabalik kartasi — oliy ta’lim muassasalarining ish haqi loyihalari doirasida talabalar uchun ko‘p funksiyali moliyaviy vositadir.
Karta bepul chiqariladi va kundalik hayotingizni yengillashtiruvchi uchta asosiy vazifani o‘zida mujassam etgan.
Student Card yordamida siz ATTO transport kartasi, Student ID va qulay to‘lov vositasini qo‘lga kiritasiz. O‘zbekiston hududida xaridlar, yo‘l kira va E-com orqali to‘lovlarni oson amalga oshirishingiz mumkin. Xarajatlarni to‘liq nazorat qilish uchun bepul SMS-xabarnoma xizmati mavjud.
Kartani olish uchun bank filialiga murojaat qilishingiz yoki oliy o‘quv yurtingiz vakili orqali ariza topshirishingiz kifoya. Student Card — butun o‘qish davringiz mobaynida ishonchli ko‘makchingizdir.
Shartlar va tariflar
- Kimlar uchun mo‘ljallangan: Talabalar (OTM bilan ish haqi loyihasi doirasida).
- Karta turi: Uzcard.
- Amal qilish muddati: 5 yil.
- Kartani chiqarish: Bepul (kartani almashtirish tarif bo‘yicha).
- SMS-xizmatini ulash: Bepul.
- Naqd pul olish: Tarif bo‘yicha.