Ipoteka bank OTP Group kredit shartnomasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq mijoz murojaatini ko‘rib chiqdi.
Murojaatni ko‘rib chiqish doirasida Bank tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazildi. Uning natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rildi va mijozning masalasi to‘liq hal etildi.
Mijozga murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.
Fikr-mulohaza uchun minnatdorchilik bildiramiz. Mijozlarning murojaatlari ichki jarayonlarni takomillashtirish uchun yo‘nalishlarni aniqlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi.