Mijoz murojaati bo‘yicha ma’lumot
16.09.2026

Mijoz murojaati bo‘yicha ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda mijozning avtokreditga xizmat ko‘rsatish masalasi bo‘yicha murojaati e’lon qilindi. Mazkur murojaat Facebook’dagi «Потребитель» hamjamiyatida va Eltuz Telegram-kanalida joylashtirilgan.

Ipoteka bank OTP Group murojaatni ko‘rib chiqdi, mijoz bilan bog‘landi va holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, masala hal etildi.

Murojaat muallifi ham post ostidagi izohlarda vaziyat hal etilganini ochiq ravishda tasdiqladi.

Mijozga fikr-mulohazasi va vaziyatni batafsil o‘rganish imkonini bergani uchun minnatdorlik bildiramiz. Bunday murojaatlar ichki jarayonlarimizni takomillashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 16.09.2026