Rasmiy munosabat!
04.06.2024

Rasmiy munosabat!

315

Ijtimoiy tarmoqlarda Ipoteka-bank mijozining HUMO kartasi orqali xorijiy valyuta sotib olishida muammo yuzaga kelganligi xaqida qoldirilgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mijoz bank kassasi orqali Humo kartasidagi mablag‘ni xorijiy valyutaga ayirboshlash uchun murojaat qilgan bo‘lib, kassir tomonidan ushbu amaliyot bajarilishi jarayonida Xumo dasturida nosozlik yuz berganligi sabab terminalda xatolik yuz bergan va boshqa terminallardan ham ushbu amaliyotni bajarish imkoni bo‘lmagan. Yuzaga kelgan holat bo‘yicha kuzatuv kamerali o‘rganilganida kassir tomonidan mijozga bu haqida lozim darajada tushuncha berilganligi hamda birozdan so‘ng yana urinib ko‘rishi haqida ma’lum qilganligi aniqlandi. Ammo mijoz tomonidan qayta murojaat qilinmagan.

Yuqoridagi holatdan kelib chiqqan holda, barcha bank xizmati iste’molchilari va mijozlarimizdan bu kabi texnik nosozlik holatlari mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimiga bevosita ta’sir qilishini inobatga olgan holda to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz.


Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 06.06.2024