Avtomobil sug‘urtasi bo‘yicha murojaat yuzasidan yangilangan ma’lumot
11.09.2026

Avtomobil sug‘urtasi bo‘yicha murojaat yuzasidan yangilangan ma’lumot

22

Avvalroq biz “Xalq nazorati” guruhida e’lon qilingan, avtokredit doirasida xarid qilingan avtomobilni sug‘urtalash masalasi bo‘yicha mijoz murojaati haqida ma’lum qilgan edik.

Bank mazkur holatni ko‘rib chiqishni yakunladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, zarur ichki choralar ko‘rildi hamda avtokreditlarni rasmiylashtirish jarayonida mijozlarni xabardor qilish ustidan nazorat kuchaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, kredit rasmiylashtirilayotganda mijoz sug‘urta kompaniyasini tanlash, sug‘urta shartnomasining nusxasini olish hamda uning shartlari bo‘yicha tushuntirish olish huquqiga ega.

Fikr-mulohazalaringiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Ular bizga jarayonlarimiz va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
Oxirgi yangilanish sanasi: 11.09.2026