ESG

ESMS taqiq ro’yxati

Bank quyidagi faoliyat turlari bilan bog’liq kredit/loyihalarni moliyalashtirmaydi:

  1. Mamlakat qonunlariga yoki xalqaro konvensiyalarga zid hisoblangan faoliyat yoki mahsulotlar (farmatsevtika, pestitsid/gerbitsid, ozonni yemiruvchi moddalar, PCB, CITES bo’yicha nazorat qilinadigan yovvoyi hayvonlar, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, chiqindilarni noqonuniy olib o’tish).
  2. Qurol-yarog’ (mina, biologik, kimyoviy, yadroviy qurol, yadro yoqilg’isi va h.k.) ishlab chiqarish yoki savdo, o’q-dori, jangovar texnika ishlab chiqarish.
  3. Yadro yoqilg’isini qayta ishlash.
  4. Spirtli ichimliklar (pivo va vino bundan mustasno) ishlab chiqarish/savdo [1].
  5. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish/savdo [1].
  6. Qimor o’yinlari, kazino va shunga o’xshash faoliyatlar [2].
  7. Radioaktiv materiallar ishlab chiqarish/savdo (tibbiyot va o’lchash uskunalaridan tashqari, manba ahamiyatsiz/etarlik darajada himoyalangan).
  8. Asbest tolalari (faqat 20% dan kam miqdordagi yelimlangan asbest sementi bundan mustasno).
  9. Dengizda 2,5 km dan uzun to’r bilan baliq ovlash.
  10. Majburiy mehnat [3] / bolalar mehnatining zararli shakllari [4].
  11. O’rmon xo’jaligi va daraxt kesish.
  12. Barqaror boshqarilmagan o’rmon mahsulotlari savdosi/ishlab chiqarishi.
  13. Ko’mirga oid loyihalar (qazib olish, tashish, elektr stansiyalari va infratuzilma).
  14. A’zolik tashkilotlari va xalqaro hududdan tashqari organlar faoliyati.
  15. Litsenziyasiz eksport/import savdosi.
  16. Biologik xilma-xillik va madaniy merosni himoya qilishga zid faoliyatlar.
  17. IMO talablariga javob bermaydigan tankerlar orqali neft/havfli moddalar tashish.
  18. Moyli hayvonlarni faqat mo’yna uchun saqlash yoki mo’yna ishlab chiqarish faoliyati.
  19. Simob va simob birikmalarini eksport qilish, simobli mahsulotlar ishlab chiqarish/import.

Barqaror moliyalashtirish quyidagi holatlarga ega tashkilotlarga taqdim etilmaydi:

  • o’tgan yilda energiya/daromadining 20% dan ortig’ini ko’mirdan olgan
  • 5000 MW dan ortiq o’rnatilgan quvvatga ega
  • 10 mln tonnadan ortiq ko’mir ishlab chiqargan. Agar maqsad SFF talablariga mos bo’lsa, moliyalashtirish mumkin

Izohlar:

[1] Bank spirtli ichimliklar/tamaki faoliyatini faqat hamkorlar bilan kelishilgan cheklov doirasida moliyalashtirishi mumkin.

[2] Qimor va kazino asosiy faoliyat bo’lishi mumkin emas; daromad ≤20% umumiy tushumdan.

[3] Majburiy mehnat – jazoga tahdid ostida majburan bajarilgan ish.

[4] Bolalar mehnatining zararli shakli – salomatlik, ta’lim va rivojlanishga xavf tug’diradigan ekspluatatsion mehnat.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail