Bosh maqsadimiz

Mijozlarga keng ko'lamli yechimlar taklif qilish, xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash hamda ishchan jamoaviy muhitni shakllantirish orqali mamlakatda eng samarador tijorat banklar 5 taligiga kirish.

Mijozlarimiz: Asosiy e'tiborimizni mijozlar manfaatlariga qaratgan holda ular bilan ishonchli va uzoq muddatli munosabatlar o'rnatamiz hamda ularga yuqori sifatli xizmatlar taklif etamiz.

Xodimlarimiz: Xodimlarning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlagan holda mas'uliyat hamda tashabbusni rag'batlantiradigan ish muhitini yaratish.

Aksiyadorlarimiz: Aksiyadorlarimiz manfaatlarini ko'zlagan holda shaffof va samarali (operatsion mustaqil) ish yuritib, ular uchun yuqori daromadlilikni ta'minlaydigan korporativ boshqaruv tizimini yaratish.

Jamiyat: Jamiyatning mas'uliyatli a'zosi sifatida, sog'lom turmush tarzini rag'batlantirish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda loyihalarda atrof-muhitni himoya qilish standartlariga amal qilish.



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Ipoteka Retail ilovasini yuklab oling