Bank menejmenti haqida
Maksim Bykov 1983-yil 3-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda G. V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetini “Jahon iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2024-yilda London Business School’da Senior Executive Programme dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Maksim bank sohasidagi faoliyatini 2004-yilda boshlagan. 2004–2015-yillar davomida Citibank Russia, DeltaCredit Bank, Barclays Bank Russia hamda MTS Bank’da turli lavozimlarda ishlab, mutaxassisdan departament rahbarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.
2015–2025-yillar davomida OTP Bank (Rossiya)da faoliyat yuritib, ketma-ket Muddati o‘tgan qarzdorlik bilan ishlash departamenti direktori, Undiruv va masofaviy mijozlarga xizmat ko‘rsatish direksiyasi direktori hamda Undiruv va operatsion boshqaruv divizioni direktori lavozimlarida ishlagan.
2025-yil 3-apreldan boshlab Maksim Bykov Operatsion blok rahbari va Boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. Shu yilning 29-sentabridan esa Ipoteka bank OTP Group Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.