Bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilganganligi holati quyidagi asoslar orqali aniqlanadi:
- Jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillarining murojaatlari (og‘zaki, yozma, elektron) orqali;
- O‘zbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi idoralari, Bosh bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati, ishchi guruhlar va maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish natijalarida aniqlangan holatlar orqali;
- Bosh ofis tarkibiy bo‘linmalari va filial rahbarlari hamda mas’ul xodimlari tomonidan aniqlangan holatlar orqali;
- Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilgan, muhokama qilingan mavzular, materiallar va boshqa holat (fakt)lar orqali.
O‘z huquqlaringizni buzilgan deb hisoblagan taqdiringizda quyida ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali murojaat qiling.
Iste’molchilar huquqlarining buzilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, bu borada ularga huquqiy maslahatlar berish va qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llash ishlari amalga oshiriladi.
Agar iste’molchi o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlardan qanoatlanmagan yoki bank faoliyatidan norozi bo‘lgan taqdirda, vakolatli davlat organlariga, sudga yohud O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilishi mumkin.
“Ipoteka-bank” ATIBga murojaat qilish usullari va manzillari
1. Bank rahbariyatining qabul kunlari;
2. “Ipoteka-bank” ATIB Kontakt-markazi: (78) 150-11-22, 1233;
3. Elektron pochta: info@ipotekabank.uz
4. Bosh ofis va filiallar manzillari;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi: pm.gov.uz
6. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
7. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni;
8. “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat № 3030, 02.07.2018 y.).
Hurmatli mijozlar!
Bank bilan yuzaga kelgan nizolar va muammolarni sudgacha hal qilishni istaysizmi?
Unda muzokaralar o‘tkazish va mediatsiya usullaridan foydalaning!
“Ipoteka-bank” ATIB tizimida nizolarni sudgacha hal etishda muzokaralar o‘tkazish va mediatsiya usullari keng qo‘llaniladi.
- Huquqiy jamiyatda nizolarni hal etishning muqobil mexanizmlarini yaratish jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklashning samarali vositasi sifatida baholanadi.
- Shu munosabat bilan hozirgi kunda “Ipoteka-bank” ATIB tizimida mas’ul xodimlarning aholi bilan muloqotini takomillashtirish, mijozlar va fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
- Agar Sizda “Ipoteka-bank” ATIB faoliyati bilan bog‘liq muammo, nizo yoki kelishmovchiliklar bo‘lsa, Bankning Bosh ofisiga elektron yoki yozma shaklda, shuningdek og‘zaki ravishda telefon orqali: (78) 150-11-22 va 1233 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
- Murojaatlarni ko‘rib chiqishda Bank rahbariyati tomonlarning teng huquqliligini, xolislikni, qonuniylikni, kollegiallikni va huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlaydi, murojaatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qiladi hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikdagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik va noaniqliklarni murojaatchi foydasiga talqin qilish prinsipiga amal qiladi.
- Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida sudya tomonlarning kelishuv bitimi tuzish imkoniyatini yoki nizoni muqobil yo‘llar bilan hal etish ehtimolini aniqlaydi va bunday harakatlarning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi.
| Hujjat | Nomi / Tavsifi |
|---|---|
|
Garov mulklarini garovdan chiqarish yoki garov narsasini almashtirish Tartibi (GTB Nizomidan ko'chirma) |
|
Aktivlar shartlarini qayta ko‘rib chiqish (restrukturizatsiya) Tartibi |