Tanlovda ishtirok etish uchun Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha Komissiyaning 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar taklif etiladi.
Tanlov taklifi quyidagi hujjatlarni o'z ichiga olishi lozim:
- Ariza;
- Tanlov ishtirokchisining Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o'tkazishning dastlabki bahosi, muddatlari ko'rsatilgan taklifi va boshqa muhim ma'lumotlari;
- Davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g’risidagi guvohnoma, tegishli litsenziyalar, xodimlarning malaka sertifkati va attestatidan nusxa;
- Tuziladigan shartnoma loyihasi (baholashni o'tkazish sanasi va shartlari, to'lov miqdori va muddati).
Takliflar “Ipoteka-bank” ATIB Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar sotib olish bo'yicha tanlov komissiyasiga yopiq konvertlarda taqdim etilishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etish muddati - 29.03.2019y.ga qadar.
Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar “Ipoteka-bank” ATIB Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar sotib olish bo'yicha tanlov komissiyasiga yopiq konvertlarda yuboriladi: 100000, Toshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Shaxrisabz ko'chasi, 30.
Tanlov g’olibi etib umumlashgan holda bank uchun eng maqbul shartlarni taklif etgan ishtirokchi tan olinadi.
Ma'lumot uchun telefon: (998 78) 150-89-16, 150-01-91.
Elektron manzil: senbum@ipotekabank.uz