Mijoz murojaati bo'yicha ma'lumot
13.10.2026

Mijoz murojaati bo'yicha ma'lumot

Ipoteka bank OTP Group Telegram'dagi «Банкир кундалиги» kanalida e'lon qilingan, ipoteka krediti to'liq so'ndirilgandan so'ng ko'chmas mulkdan taqiqni olib tashlash bilan bog'liq mijoz murojaatini ko'rib chiqdi.

Murojaat yuzasidan qo'shimcha o'rganish ishlari olib borildi. Ko'rib chiqish yakunlariga ko'ra, Bank tomonidan zarur choralar ko'rildi va ko'chmas mulkka qo'yilgan taqiq olib tashlandi.

Mijozning masalasi to'liq hal etildi. Mijoz murojaatni ko'rib chiqish natijalari haqida xabardor qilindi.

Ipoteka bank OTP Group bildirilgan fikr-mulohaza uchun minnatdorlik bildiradi hamda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va ichki jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha ishlarni davom ettiradi.

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling va bankka bormasdan turib moliyangizni boshqaring

Oylik maosh, o‘tkazmalar, kreditlar va Ipoteka bank OTP Group’ning boshqa xizmatlari doimo qo‘l ostingizda

Ipoteka Mobile ilovasini yuklab oling
bg
↑
Oxirgi yangilanish sanasi: 13.10.2026