Kartani bepul oching va yoqilg‘ini foyda bilan to‘lang. Ipoteka bank OTP Group’ning yangi HUMO kartasi bilan 60 000 so‘m bonusga ega bo‘ling
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 3-apreldan 30-aprelgacha Ipoteka bank OTP Group HUMO bilan hamkorlikda yangi foydalanuvchilar uchun maxsus aksiyani ishga tushirmoqda.
Endi kartani bepul rasmiylashtirish va kundalik xarajatlaringizda darhol yoqimli bonusga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.
Bonusni qanday olish mumkin
Hammasi juda oddiy va qulay:
1. Aksiya davrida bank filialida yoki mobil ilova orqali HUMO kartasini bepul rasmiylashtiring.
2. O‘zbekiston bo‘ylab istalgan AYOQSHda kamida 80 000 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshiring.
3. Kartangizga 60 000 so‘m bonus oling.
Bonus qanday hisoblanadi
Bonus AYOQSHda amalga oshirilgan to‘lovdan so‘ng 3 ish kuni ichida HUMO kartangizga o‘tkaziladi.
Muhim ma’lumotlar
-
Aksiya ilgari Ipoteka bank OTP Group HUMO kartasiga ega bo‘lmagan yangi mijozlar uchun amal qiladi
-
Bonus har bir mijozga faqat bir marta beriladi (kartalar sonidan qat’i nazar)
Ishtirok etish shartlari va cheklovlar bilan Ommaviy ofertada tanishishingiz mumkin.
Kartani rasmiylashtiring, qulay foydalaning va odatiy xarajatlaringizdan yanada ko‘proq foyda oling