Ipoteka bank OTP Group va YTTB O‘zbekistonda korporativ sektor o‘sishini qo‘llab-quvvatlash bo’yicha RSF doiraviy kelishuvini imzoladi
Ipoteka bank OTP Group va YTTB O‘zbekistonda korporativ sektor o‘sishini qo‘llab-quvvatlash bo’yicha RSF doiraviy kelishuvini imzoladi
Ipoteka bank OTP Group va YTTB O‘zbekistonda korporativ sektor o‘sishini qo‘llab-quvvatlash bo’yicha RSF doiraviy kelishuvini imzoladi
Ipoteka bank OTP Group va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o’rtasida “Xatarlarni taqsimlash mexanizmi” (RSF) bo‘yicha doiraviy kelishuv imzolandi. Ushbu hujjat Ipoteka bank Boshqaruvi raisi Sandro Rtveladze hamda YTTBning birinchi vitse-prezidenti va Mijozlarga xizmat ko‘rsatish guruhi rahbari Greg Guyett tomonidan imzolandi. Mazkur kelishuv O‘zbekistonda korporativ sektorni moliyalashtirishni kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.
YTTB yuqori rahbariyatining imzolash marosimidagi ishtiroki hamkorlikning strategik ahamiyati va bankning keng qamrovli mintaqaviy faoliyatidagi muhim o‘rnini namoyon etadi.
RSF doiraviy kelishuvi Ipoteka bankning ‘rta va yirik biznes subyektlari, jumladan korporativ mijozlarga moslashuvchan va samarali moliyaviy yechimlar taqdim etish salohiyatini yanada oshiradi.Bu O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi sohalarida faoliyat yuritayotgan bizneslarning barqaror o‘sishini rag‘batlantiradi. Mazkur tashabbus esa xususiy sektorni rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb etish uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan davlat islohotlari bilan uyg‘unlashadi.
Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi raisi Sandro Rtveladze ta’kidlashicha:
«Ushbu kelishuv Ipoteka bankning O‘zbekiston korporativ sektorini qo‘llab-quvvatlashga bo’lgan sodiqligini namoyon etadi. YTTB bilan hamkorlik orqali biz bizneslarning barqaror rivojlanishi va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan individual moliyaviy yechimlar taqdim etish imkoniyatlarimizni yanada kengaytiramiz».
YTTBning birinchi vitse-prezidenti va Mijozlarga xizmat ko‘rsatish guruhi rahbari Greg Guyett o‘z fikrini quyidagicha bildirdi:
«Mazkur kelishuv orqali Ipoteka Bank bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlashdan mamnunmiz. YTTB va OTP Group o‘rtasida uzoq yillardan buyon mustahkam aloqalar shakllangan bo‘lib, biz turli davlatlarda OTP’ning sho‘ba banklari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Bizning qo‘llab-quvvatlovimiz bankka korporativ sektorni moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish va moliya tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi».
RSF doiraviy kelishuvining imzolanishi har ikki tashkilotning barqaror bank amaliyotlariga sodiqligini va O‘zbekistonda korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishini namoyon etadi. Bu esa shaffoflikni oshirish, barqarorlikni mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Ipoteka Bank haqida
Ipoteka Bank OTP Group — O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri bo‘lib, chakana va korporativ bank xizmatlarining keng turini taklif etadi. Bank moliyaviy inklyuziyani rivojlantirish va mamlakatda barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ipoteka Bank haqida
Ipoteka Bank OTP Group — O‘zbekistonning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri bo‘lib, jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar uchun keng ko‘lamli bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadi. Bank moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.
YTTB haqida
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) — xalqaro moliyaviy tashkilot bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Yevropa, Osiyo va Afrikaning 30 dan ortiq davlatlarida xususiy sektor va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantiradi.
↑