Ipoteka bank OTP Group va Murad Buildings o‘rtasida «Imkoniyat» ipoteka dasturini ishga tushirish bo‘yicha Bosh kelishuv imzolandi
Ipoteka bank OTP Group hamda yetakchi qurilish kompaniyasi Murad Buildings MChJ o‘rtasida birlamchi ko‘chmas mulk bozorida ipoteka dasturlarini takomillashtirish va uy-joy ommabopligini oshirishga qaratilgan hamkorlik kelishuv o’rnatildi.
Bitim doirasida “Imkoniyat” nomli qo‘shma ipoteka dasturi joriy etiladi. Mazkur dastur uy-joy xaridi uchun qulay, shaffof va raqobatbardosh shartlarni taqdim etadi:
-
foiz stavkasi — kadastr rasmiylashtirilguniga qadar yiliga 20%, keyinchalik 18%;
-
boshlang‘ich to‘lov — 20% dan boshlab;
-
kredit muddati — 20 yilgacha;
-
kreditning maksimal miqdori — 1 700 000 000 so‘m
Dastur Toshkent shahrida joylashgan Murad Buildings qurilish loyihalaridan uy xarid qilmoqchi bo‘lgan mijozlar uchun amal qiladi. U quyidagi loyihalarni o‘z ichiga oladi:
-
Soy bo‘yi — Shayxontohur tumani, Jurjoniy MFY, Yu. Sakkokiy ko‘chasi, 3a-uy
-
Regnum Plaza — Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi
Mazkur bitim bank sektori va qurilish kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanadmustahkamlash, uzoq muddatli moliyalashtirish vositalarini rivojlantirishga hamda bozorda sifatli uy-joylar ommabopligini oshirishga xizmat qiladi.
Ipoteka bank OTP Group’ning ipoteka mahsulotlari direksiyasi direktori Artyom Sarkisyan ta’kidlashicha:
“Imkoniyat’ dasturining ishga tushirilishi ipoteka kreditlarini yanada ommalashtirish hamda aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan strategik maqsadlarimizni ifodalaydi. Murad Buildings bilan hamkorlik esa mijozlarga uy-joy xaridida qulay va shaffof yechimlarni taqdim etish imkonini beradi”.
Olga Butenko, Murad Buildings kompaniyasining tijorat direktori:
«Ipoteka-bank OTP Group bilan hamkorlik Murad Buildings kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Ushbu kelishuv endilikda mijozlar xonadon xaridi jarayonida ortiqcha qiyinchiliklarsiz, aniq va tushunarli shartlar asosida ipoteka rasmiylashtirish imkoniyatini beradi.
Biz uchun jarayon sodda va qulay bo‘lishi juda zarur. Shu sababli biz barcha bosqichlarni mijoz har bir qadamda o‘zini ishonchli his qilishi uchun moslashtiramiz. Buning ortida jamoamizning katta mehnati va kompaniya ichidagi jarayonlarning to‘liq shaffofligi turibdi. Bu esa mijozga xonadon xaridi vaqtida qo‘shimcha ishonch va qulaylik bag‘ishlaydi».
Ipoteka bank haqida
Ipoteka Bank OTP Group — O‘zbekistondagi yetakchi banklardan biri bo‘lib, chakana va korporativ moliyaviy xizmatlarining keng doirasini taqdim etadi. Bank faoliyati ipoteka kreditlashni yanada rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy va innovatsion moliyaviy yechimlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan.
Murad Buildings haqida
Murad Buildings — yuqori sifat, qulaylik va zamonaviy shahar infratuzilmasiga e’tibor qaratgan holda turar-joy hamda keng qamrovli loyihalarni amalga oshiruvchi yetakchi qurilish kompaniyasi hisoblanadi.