Ipoteka Bank OTP Group va “O’zenergosotish” AJ o’rtasida strategik kelishuv imzolandi

Ipoteka Bank OTP Group va “O’zenergosotish” AJ O‘zbekistonda energetika tizimini yangilashga yo’naltirilgan loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 31,5 mln AQSh dollari miqdorida bank kafolati taqdim etish bo‘yicha asosiy kelishuvni imzoladi. Ushbu hujjat mamlakat iqtisodiyotining ikki asosiy ishtirokchisi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Ipoteka Bank tomonidan taqdim etilgan bank kafolati O‘zbekiston energetika sohasining samaradorligi va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi hamda xalqaro tajriba va ilg‘or bank amaliyotlarini joriy etish imkonini yaratadi.

Irakli Elashvili, Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruv raisi o’rinbosari: ““O’zenergosotish” AJ bilan Bosh bitimning imzolanishi — bizning hamkorligimizni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishimizning tasdig‘idir. Biz energetika sohasining barqarorligi va operasion quvvatini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy moliyaviy yechimlarni taklif etayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu loyiha yashil moliyalashtirish doirasida qo‘llab-quvvatlanadi. Ipoteka Bank OTP Group infratuzilma va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shadigan yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro standartlar va ekspertizadan foydalanishda davom etadi.”

Ipoteka Bank OTP Group haqida:

Ipoteka Bank OTP Group — O‘zbekiston bank sektorining yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lib, 3 milliondan ortiq jismoniy shaxslar va 2 600 dan ziyod korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Bank ipoteka kreditlash va mikromoliyalashtirish bozorida yetakchi o‘rinni egallab, milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2025 yilda bank “O‘zbekneftgaz”, “Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi”, ACWA Power va UzAvto kabi yirik kompaniyalar bilan energetika, infratuzilma va avtomobilsozlik sohalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik kelishuvlarni imzoladi. Bu Ipoteka Bankning mamlakat iqtisodiyotidagi strategik ahamiyatini yanada oshiradi. 



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail