Ipoteka bank OTP Group «The Banker» tomonidan O‘zbekistondagi “Yil banki” deb e’tirof etildi.

   Ushbu mukofot jahon moliya sohasidagi nufuzli mukofotlardan biri hisoblanib, har yili moliyaviy barqarorligi, texnologik yangiliklari va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan muhim hissasi bilan alohida ajralib turgan banklarga taqdim etiladi.

          «Ushbu mukofot Ipoteka Bank OTP Group’ning o’zgarishlar jarayonidagi katta yutuqlarini tasdiqlaydi. So‘nggi bir yil ichida biz asosiy jarayonlarni mustahkamlab, mijozlar tajribasini yaxshilash bilan birga, raqamli va operatsion samaradorlik uchun mustahkam asos yaratdik. “Yil banki” mukofoti — jamoamizning professionalligi va OTP Group tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash samarasidir va O‘zbekistonda zamonaviy va kelajakka yo‘naltirilgan bank barpo etayotganimizning yana bir tasdiqidir», — dedi Ipoteka Bank OTP Group Boshqaruv Raisi Sandro Rtveladze.

         The Banker nashri Ipoteka Bank OTP Group’ning uch asosiy yo‘nalish bo‘yicha muvaffaqiyatli va keng qamrovli transformatsiyasini e’tirof etdi:
— chakana biznesning sifatini oshirish,
— korporativ bank xizmatlarini modernizatsiya qilish,
— raqamli infratuzilmani izchil rivojlantirish.

        Ipoteka Bank OTP Group mamlakatda birinchi bo‘lib, bank sug‘urtasi xizmatlarini taklif qildi va mijozlarga moliyaviy xatarlardan himoyalanish imkonini yaratdi. 2024-yil noyabr oyida ishga tushirilgan kredit sug‘urtasi bo‘yicha sinov loyihasi doirasida 152,6 mlrd so‘mlik mikrokredit ajratildi, mijozlarning 62 foizi esa sug‘urta himoyasini rasmiylashtirdi.

           Transformatsiyaning yana bir muhim bosqichi — texnologik infratuzilmaning keng ko‘lamli yangilanishi bo‘ldi. Ipoteka Bank OTP Group yangi asosiy ma’lumotlar markazini ishga tushirib, zamonaviy ma’lumotlar bazasini joriy qildi va asosiy bank tizimini yangilash loyihasini boshladi.

          Bundan avval, Ipoteka Bank OTP Group 2025-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e’lon qildi: sof foyda — 1,195 trln so‘m, ROE — 20,4%. Ushbu ko‘rsatkichlar bankning rentabellikdagi sezilarli o‘sishini va transformatsiya strategiyasining samarali amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.

The Banker — “Yil banki” mukofoti haqida
“Yil banki” — Financial Times guruhi tarkibidagi The Banker jurnali dunyodagi eng nufuzli xalqaro mukofotlaridan biridir. Har yili 120 dan ortiq mamlakat banklari ularning moliyaviy natijalari, rivojlanish strategiyasi, innovatsiyalari va ijtimoiy tashabbuslari asosida baholanadi. The Banker mukofoti bankning mamlakat yoki mintaqadagi yetakchi o‘rni va nufuzini tasdiqlovchi muhim e’tirof hisoblanadi. 



Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail